O'zbekiston

Umraga borgan 170 dan ortiq o‘zbekistonlik Vatanga qayta olmayapti

Saudiya Arabistonida 14 kunlik umra safarida qatnashgan O‘zbekiston fuqarolari tashkilotchilarning noto‘g‘ri ma’lumotlari sabab qaytishda qiyinchilikka duch kelmoqda.

Umraga borgan 170 dan ortiq o‘zbekistonlik Vatanga qayta olmayapti

Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, umra ziyorati uchun kelgan 170 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi hozirga qadar Vatanga qayta olmagan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

 

Diplomatlar “Kanari” va “Al-Ayam Elite” mehmonxonalariga tashrif buyurib, ziyoratchilarning holatini joyida o‘rganishdi. Suhbat davomida, ko‘pchilik keksa yoshdagi, infarkt, qandli diabet, qon bosimi kabi surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar ekanligi, shuningdek, ular doimiy dori-darmon qabul qilishini ma’lum qildi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, ziyoratchilar 14 kunlik umra safari doirasida turli guruhlar tarkibida Saudiya Arabistoniga kelgan, biroq safarni tashkil etgan shaxslar tomonidan berilgan noto‘g‘ri ma’lumotlar va xatolar tufayli Vatanga qayta olmayapti.

 

Bosh konsulxona vakillari shuningdek, so‘nggi yillarda ruxsatnomasiz turistik firmalar va jismoniy shaxslar tomonidan tartibsiz umra safarlari tashkil etilishi ko‘plab fuqarolarni qiyin ahvolga solayotganini ta’kidladi.

 

Shu bilan birga, rasmiy litsenziyaga ega 14 ta firma orqali umra safarlari rasmiy tarzda tashkil etilayotgani va bu haqda muntazam axborot berib borilayotgani aytildi.

 

Ziyoratchilarga Vatanga qaytish bo‘yicha murojaatlari Bosh konsulxona tomonidan tegishli idoralarga yetkazilgani va ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi. Shu bilan birga, vaziyat og‘irlashmasligi uchun imkoniyatdan kelib chiqqan holda aviachipta xarid qilish va O‘zbekistonga qaytishni tavsiya qilindi.

 

Hozirgi kunda mazkur holat Bosh konsulxona tomonidan doimiy nazorat ostida bo‘lib, vaziyatni hal etish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.