O'zbekiston

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan ushlandi

U davlat zaxirasidagi yer maydonini fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan.

Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari 50 ming dollar pora bilan ushlandi

Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Ismanov Isomiddin Baxriddinovich pora olayotganda ushlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan 2026-yil 4-aprel kuni fuqaro S.R.T.ning murojaati asosida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida mansabdor shaxs 50 ming dollar miqdoridagi pulni olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Xabarga ko‘ra, Ismanov fuqaro S.R.T.ga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun Bobur shahri hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 20 sotix yer maydonini viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i orqali auksionga qo‘ydirib, uning nomiga rasmiylashtirib va kelgusida ushbu joyda qurilish uchun ruxsatnoma olib berishini aytgan. Ushbu xizmat evaziga u har bir sotix yer uchun 2 500 dollardan jami 50 ming dollar talab qilgan.

 

Tezkor tadbirda S.R.T. tomonidan kimyoviy ishlov berilgan pul mablag‘lari Ismanovga uning yashash xonadonida topshirilgan paytda mansabdor qo‘lga olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan I.B.Ismanovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. B.Ismanov Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Ma’lumot uchun, Isomiddin Ismanov 2022-2025-yillarda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i, 2025-yil may oyidan IIV Tezkor-qidiruv departamenti, tezkor vaziyatni tahlil qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

 

2025-yil dekabr oyida Andijon viloyati hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.