Jahon

AQSH Eronga qarshi urushda nechta samolyot yo‘qotgani ma’lum qilindi

Samolyot halokatlari oqibatida jami 6 nafar ekipaj a’zosi vafot etgan.

AQSH Eronga qarshi urushda nechta samolyot yo‘qotgani ma’lum qilindi

AQSHning Eronga qarshi bir oydan ortiq davom etayotgan harbiy operatsiyasi davomida kamida 7 ta samolyot yo‘q qilingan. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHning dastlabki yo‘qotishlari 2-mart kuni sodir bo‘lgan. O‘shanda uchta F-15 qiruvchi samolyoti Kuvayt hududi ustida anglashilmovchilik tufayli Kuvayt havo hujumidan mudofaa vositalari tomonidan urib tushirilgan.

 

Hodisada olti nafar ekipaj a’zosi katapult qilib qutulib qolgan. Pentagon rahbari Pit Hegsetning uchuvchilar keyinchalik yana Eronga qarshi havo hujumlarida ishtirok etish uchun xizmatga qaytganini bildirgan.

 

Oradan bir yarim hafta o‘tib, 12-mart kuni KC-135 yonilg‘i quyish samolyoti halokatga uchradi. Hodisa oqibatida olti nafar ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.

 

AQSH harbiylariga ko‘ra, mazkur samolyot dushman hujumi natijasida emas, balki harbiy operatsiya davomida boshqa samolyot bilan to‘qnashuv sabab qulagan. Ikkinchi samolyot esa xavfsiz qo‘ngan.

 

27-mart kuni oy oxirida AQSH HHKning E-3 Sentry havodan ogohlantirish va boshqaruv samolyoti Saudiya Arabistonidagi shahzoda Sulton aviabazasida uchish-qo‘nish yo‘lagida Eron hujumi natijasida yo‘q qilingan.

 

CNN xabarida mazkur aviabazaga qilingan hujum natijasida kamida 10 nafar amerikalik harbiy jarohat olgani keltirilgan. Hodisada yana bir yonilg‘i quyish samolyoti ham shikastlangan.

 

Bundan tashqari, o‘tgan oyda AQSHning F-35 qiruvchi samolyoti Yaqin Sharqdagi aviabazalardan birida taxminlarga ko‘ra, Eron qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutilganidan so‘ng favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.

 

So‘nggi yo‘qotilgan ikki samolyot F-15 va A-10 Warthong hisoblanadi. Ulardan biri urib tushirilgan, ikkinchisi esa shikastlangan holda Kuvaytgacha yetib borgan.

 

Mazkur hodisada ikki nafar uchuvchi qutqarilgan, bir nafar uchuvchi esa bedarak yo‘qolgan.

 

AQSH havo kuchlari polkovnigi bo‘lgan bedarak yo‘qolgan ofitser katapulta paytida jarohat olgan va yordam kelguncha tog‘ bag‘rida yashiringan. Shu yerdan turib o‘zining joylashuvini AQSH bazasiga uzatgan. Ofitser qutqarilgach, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSH Eronga qarshi urushda nechta samolyot yo‘qotgani ma’lum qilindi | Zamon.uz