Jahon

AQSH va Eron 45 kunlik sulh masalasini muhokama qilmoqda — Axios

Agar kelishuvga erishilmasa Eronning fuqarolik obyektlariga zarbalar berilishi mumkin.

AQSH va Eron 45 kunlik sulh masalasini muhokama qilmoqda — Axios

AQSH, Eron va bir qator mintaqaviy vositachilar urushni to‘xtatishga qaratilgan 45 kunlik sulh bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib Axios xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, yaqin soatlar ichida kelishuvga erishish ehtimoli past baholanmoqda. Biroq mazkur muzokaralarga urushning yanada keskinlashuvining oldini olish uchun "so'nggi urinish" sifatida qaralmoqda. 

 

Ushbu vaziyatda ikki bosqichli ehtimoliy hujum ssenariysi ko‘rib chiqilmoqda. Ya’ni, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlansa, avval Eron hududidagi fuqarolik infratuzilmasiga keng ko‘lamli zarbalar berilishi mumkin. Bunga javoban esa Eron tomonidan Fors ko‘rfazi davlatlaridagi energiya va suv ta’minoti obyektlariga hujum uyushtirilishi ehtimoli mavjud.

 

Ma’lum qilinishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Eronga berilgan 10 kunlik muhlat yakunlanishi arafasida yana uzaytirilgan. U yakshanba kuni muddatni qo‘shimcha 20 soatga, seshanba kechgacha cho‘zgan. Tramp, shuningdek, AQSH Eron bilan “chuqur muzokaralar” olib borayotganini bildirib, kelishuvga ushbu muddat tugamasidan erishish imkoniyati mavjudligini ta’kidlagan.

 

Shu bilan birga, u kelishuvga erishilmagan taqdirda Eron uchun muhim bo‘lgan infratuzilmalarga zarba berish ehtimolini ham istisno qilmagan. Manbalar ham AQSH va Isroil tomonidan Eron energetika obyektlariga qarshi ehtimoliy keng ko‘lamli zarbalar rejasi tayyor holatda ekanini bildirgan.

 

Hozirda muzokaralar Pokiston, Misr va Turkiya vositachiligida, shuningdek, AQSH maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi o‘rtasidagi muloqotlar orqali olib borilmoqda. AQSH rasmiylari so‘nggi kunlarda Tehronga bir necha takliflar taqdim etilganini, ammo hozircha ular qabul qilinmaganini e’lon qilgan.

 

Manbalarning qayd etishicha, muzokaralarda ikki bosqichli kelishuv muhokama qilinmoqda. Birinchi bosqichda yuqorida keltirilgan 45 kunlik sulh joriy etilib, bu davrda urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha kelishuv ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Ikkinchi bosqich esa urushni rasman tugatishni nazarda tutadi. Zarur hollarda sulh muddatini uzaytirish ehtimoli ham ko‘rib chiqilmoqda.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSH va Eron 45 kunlik sulh masalasini muhokama qilmoqda — Axios | Zamon.uz