Jahon

Azov dengizida bug‘doy ortilgan kema halokatga uchradi

Kemaga dron zarba bergani aytilmoqda.

Azov dengizida bug‘doy ortilgan kema halokatga uchradi

Azov dengizida bug‘doy yuklangan “Volgo-Balt” turidagi quruq yuk kemasi halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan.

 

Ma'lum qilinishicha, voqea Kerchdan taxminan 300 dengiz mili shimolda sodir bo‘lgan. Ayrim manbalar kemaga dronlar hujumi amalga oshirilganini bildirgan. Biroq, aynan shu hujum halokatga sabab bo‘lganmi yoki dronlar allaqachon cho‘kayotgan kemaga zarba berganmi — hozircha aniq emas.

 

Rossiya tomonidan tayinlangan Xerson viloyati rahbari Vladimir Saldo ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 1991-yilda tug‘ilgan kapitan yordamchisi halok bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan. To‘qqiz nafar ekipaj a’zosi esa kemani tark etib, qutqaruv kapsulasi orqali sohilga yetib kelgan.

 

Ma’lum qilinishicha, ular Xerson viloyatidagi Schastlivtsevo qishlog‘i yaqiniga chiqib, mahalliy aholi tomonidan birinchi tibbiy yordam olgan. Sohilga yetib kelganlardan biri esa allaqachon vafot etgani aniqlangan.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"