O'zbekiston

“Daydi topib, rasmiylashtiring” — Olmazor tumani IIB amaldori

Profilaktika inspektorlariga ko‘chadan daydi odam topib bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

“Daydi topib, rasmiylashtiring” — Olmazor tumani IIB amaldori

Toshkent shahri Olmazor tumani Ichki ishlar bo‘limi amaldori Abror Xudoyberdiyev profilaktika inspektorlariga ko‘chadan “daydi” topib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish bo‘yicha topshiriq bergan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

Nashrga kelib tushgan audio va videolavhalarda amaldor xodimlarga daydi topilmasa, o‘zlari yoki qarindoshlari “daydi” sifatida rasmiylashtirilishi kerakligini aytgan. 

 

“E, profilaktika inspektorlari, men sizlarga yana qayta aytyapman, daydi nol bo‘lib turibdi! Vijdonsiz, daydi yo‘qmi Olmazor tumanida? Daydi qil hozir! Hamma narsada nol bo‘lib yotibdi protokollar: majburiy davolashga joylashtirishing nol, daydi nol, ma’muriy bayonnomang nol, ma’muriy nazorat nol! Nima, o‘zlaringdan ketib qolganmisanlar, vijdonsiz! Qani bittang daydi qilma-chi. O‘zingni daydi qilib olib borib yop, qarindoshingni olib borib yop daydi qilib! O‘zing daydi bo‘lasan!” — degan amaldor.

 

Shuningdek, videolavhada amaldor belgilangan rejani bajarish uchun qisqa vaqt qolganini aytib, barcha xodimlarga ko‘chalarga chiqish hamda belgilangan miqdorda ma’muriy bayonnomalar tuzish bo‘yicha topshiriq bergan.

 

“1 soat vaqtimiz qoldi. 22:00 da hisob-kitob bo‘ladi. Men borishni xohlamayman. “Davay”, hozir “gazlaymiz”, 300 taga chiqdi, 200 ta protokolimiz qoldi, chiq hammang ko‘chaga!” — degan Abror Xudoyberdiyev o‘z topshirig‘ida.

 

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan nashr so‘roviga javoban voqea o‘rganilayotganini bildirgan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etmoqda.

custom img

Shavkat Mirziyoyev nomiga Mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan xorijdan tabrik maktublari kelmoqda

Xorijiy hamkorlar o‘z maktublarida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro maydondagi faol rolini yuqori baholagan.

custom img

O‘zbek tilini o‘rganish xalqaro darajaga chiqmoqda

Oksford talabalari uchun O‘zbekistonda Yozgi maktab o‘z ishini boshladi.

custom img

Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi

Prezident Administratsiyasi rahbari o‘z tabrigida mamlakat rivoji oldida qator yirik vazifalar turganini ta’kidladi.

custom img

Rossiyadan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik bola vatanga qaytarildi

Yana 22 nafar bolani O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

custom img

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yong‘in chiqdi

Rekonstruksiya qilinayotgan bino hovlisidagi elektr qutisi yongan.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Bishkek shahriga yetib bordi

“Manas” xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyev va rafiqasini Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

O‘zbekistonda 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Yer silkinishi Gazli shahri, Peshko‘ va Jondor tumanida sezilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"