O'zbekiston

Dog'istonda suv omboridagi tuproqli to'siq yorilib ketdi

Toshqin oqibatida 28 ta uy suv ostida qolgan.

Dog'istonda suv omboridagi tuproqli to'siq yorilib ketdi

 

Dog‘istonning Derbent tumanida joylashgan Gejux suv omborida tuproqli to‘siq yorilishi sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mintaqaviy boshqarmasi ma’lum qildi deydi RBC.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik oqibatida suv omboridagi suv sathi keskin ko‘tarilib, natijada tuproqli to‘siq yorilib ketgan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Mamedkala qishlog‘ida 28 ta uy suv ostida qolgan. Voqea ortidan qariyb 100 nafar aholi evakuatsiya qilingan. Shuningdek, Mixaylovka mahallasi ko‘chalarini ham suv bosgan. Hududda evakuatsiya ishlari davom etmoqda va aholi uchun oltita vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan.

 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa joyiga qo‘shimcha kuch va texnikalar yuborilganini ma’lum qilgan. Derbent tumaniga 40 nafar qutqaruvchi va besh dona maxsus texnika jalb etilgan.

 

Suv sathining keskin ko‘tarilishi oqibatida Mamedkala qishlog‘i yaqinidagi Kavkaz federal magistralining 917-kilometrida joylashgan ko‘prik qulab tushib, transport harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

 

Shuningdek, mahalliy rasmiylar daryo oqimi oqibatida bir ayol va bir bola halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"