Jahon

Eron razvedkasi rahbari halok bo‘ldi

Isroil Majid Xademiyni tinch aholiga qarshi zarbalarga aloqadorlikda aybladi.

Eron razvedkasi rahbari halok bo‘ldi

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) razvedka bo‘linmasi rahbari, general-mayor Majid Xademiy halok bo‘lganini tasdiqladi. Bu haqda IIQK matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Eron 6-aprel kuni IIQK razvedka bo‘linmasi rahbari Majid Xademiyning halok bo‘lganini rasman tasdiqladi. Korpus ma’lumotiga ko‘ra, u erta tongda o‘ldirilgan. Biroq uning o‘limi bilan bog‘liq boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

 

Ta’kidlanishicha, Xademiy 2025-yil iyun oyi o‘rtalarida, Isrolining Tehrondagi razvedka binosiga bergan zarbasi oqibatida o‘zidan oldin mazkur lavozimda bo‘lgan Muhammad Kozimiyning vafotidan so‘ng, IIQK razvedkasi rahbari etib tayinlangan.

 

Shuningdek, Isroil mudofaa vaziri Israel Kats  Bosh shtab rahbaridan Xadeymining Isroil armiyasi tomonidan o‘ldirilgani haqida ma’lumot olganini ma’lum qildi. Katsning so‘zlariga ko‘ra, general Isroil tinch aholisiga qarshi amalga oshirilgan halokatli raketa zarbalari uchun bevosita javobgar bo‘lgan.

 

“IIQK inch aholiga qarata o‘q uzmoqda, biz esa terrorchilar yetakchilarini yo‘q qilmoqdamiz”, — dedi Kats.

 

“Eron rahbariyati o‘zini nishonda turgandek his qilmoqda. Biz ularni birma-bir yo‘q qilib, ovlashni davom ettiramiz”, — deya va’da berdi Isroil mudofaa vaziri.

 

Kats Isroil Eronning po‘lat ishlab chiqarish va neft-kimyo sanoatiga ham “jiddiy zarar” yetkazganini, shuningdek, Eron milliy infratuzilmasini vayron qilish va rejimning qudratini susaytirish bo‘yicha harakatlarni davom ettirishini ta’kidladi.

 

Bundan tashqari Isroil rasmiysi Eron rahbariyatini bevosita nishonga olishga va ularni birma-bir yo‘q qilishga va’da berdi. 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron razvedkasi rahbari halok bo‘ldi | Zamon.uz