Jahon

Hindiston chegarani qo‘riqlashda ilon va timsohlardan foydalanishi mumkin

Qiyin relyefli chegara hududlarida sudralib yuruvchilarni tabiiy to‘siq sifatida qo‘llash tashabbusi o‘rganilmoqda.

Hindiston chegarani qo‘riqlashda ilon va timsohlardan foydalanishi mumkin

 

Hindiston Bangladesh bilan chegaraning borish qiyin bo‘lgan hududlarida xavfsizlikni kuchaytirish maqsadida ilonlar va timsohlardan foydalanish imkoniyatini o‘rganmoqda. Bu haqda The Hindu nashri Hindiston Chegara Xavfsizligi Kuchlari (BSF) hujjatlariga tayanib xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Hindistonning Pokiston va Bangladesh bilan chegaralarini qo‘riqlovchi Chegara Xavfsizligi Kuchlari o‘z bo‘linmalariga chegara daryolari hududlarida sudralib yuruvchilardan foydalanish imkoniyatini tahlil qilish bo‘yicha topshiriq bergan.

 

Hujjatda ta’kidlanishicha, daryolar bo‘yidagi zaif hududlarda ilonlar yoki timsohlar kabi sudralib yuruvchilardan foydalanish operatsion nuqtai nazardan qanchalik maqsadga muvofiqligi o‘rganilishi kerak.

 

Ushbu tashabbus Hindiston va Bangladesh o‘rtasidagi chegara hududlarining daryo, botqoqlik va murakkab relyefga ega qismlariga taalluqlidir. Bunday joylarda an’anaviy to‘siqlar o‘rnatish qiyin bo‘lgani sababli sudralib yuruvchilardan tabiiy to‘siq sifatida foydalanish varianti ko‘rib chiqilmoqda.

 

Shu bilan birga, mazkur tashabbus mahalliy aholi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi sababli hozircha faqat o‘rganish bosqichida ekani qayd etildi.

 

Hindiston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindiston va Bangladesh o‘rtasidagi davlat chegarasi uzunligi 4900 kilometrdan ortiqni tashkil etadi. Avvalroq hukumat noqonuniy migratsiya hamda noqonuniy faoliyatlarning oldini olish maqsadida chegara bo‘ylab maxsus to‘siqlarni bosqichma-bosqich qurishni boshlagan. Biroq murakkab ekologik sharoitlar sabab ayrim hududlarda bu ishlar hali yakunlanmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.