O'zbekiston

Madaniyat vazirligi san’atkorlar soliqqa tortilishida yengilliklar kiritishni taklif qildi

Vazirlik hozirgi kunda konsert-tomosha sohasi vakillari amaldagi qonunchilik asosida soliq to‘lab kelyotganini ta’kidladi.

Madaniyat vazirligi san’atkorlar soliqqa tortilishida yengilliklar kiritishni taklif qildi

 

Madaniyat vazirligi 2026-yil 1-sentabrdan san’atkorlar va konsert-tomosha sohasidagi ijrochilar xizmatlarini “Soliq” mobil ilovasi orqali majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qaror loyihasiga munosabat bildirdi.

 

Loyiha matnida to‘y, yubiley, sunnat to‘yi, nikoh marosimlari hamda restoran va boshqa tadbirlarda ko‘rsatiladigan har bir xizmat “bir xizmat — bir to‘lov” tamoyili asosida soliqqa tortilishi nazarda tutilgan. Bu esa har bir chiqish alohida hisobga olinib, soliq undirilishini talab qiladi.

 

Madaniyat vazirligi ta’kidlashicha, hozirgi kunda konsert-tomosha sohasi vakillari amaldagi qonunchilik asosida soliq to‘lab kelmoqda. Ular har oy kamida bir baravar bazaviy hisoblash miqdorida (hozirda 412 ming so‘m) ijtimoiy soliq to‘laydi va yillik daromadidan 12 foiz daromad solig‘i undiriladi. Shuningdek, davlat tadbirlariga jalb etiladigan ijodkorlar va ijrochilarning xizmat haqlari qonuniy tartibda to‘lanadi.

 

Vazirlik loyiha yuzasidan soliq stavkalarini toifalar kesimida adolatli belgilash, san’atkorlar va ijrochilar uchun tabaqalashtirilgan yondashuvni joriy etish, hujjat normalarini aniqlashtirish va amaliy qo‘llashni soddalashtirish, davlat tadbirlariga jalb etiladigan ijodkorlarning huquqlarini himoya qilish kabi takliflarni bildirdi.

 

Vazirlik shuningdek jamoatchilik fikri muhimligini ta’kidlab, yakuniy qaror qonuniylik, adolat va amaliy samaradorlik tamoyillari asosida qabul qilinishi lozimligini ma’lum qildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Madaniyat vazirligi san’atkorlar soliqqa tortilishida yengilliklar kiritishni taklif qildi | Zamon.uz