Jahon

Ozarbayjon suvereniteti muhokama qilinmaydi — Ozarbayjon TIV

Putin va Pashinyan Qorabog‘ Ozarbayjonga tegishli ekanini so‘roq ostiga oldi.

Ozarbayjon suvereniteti muhokama qilinmaydi — Ozarbayjon TIV

5-aprel kuni Ozarbayjon tomoni Rossiyada so‘nggi kunlarda Qorabog‘ mintaqasi haqida bildirilgan fikrlarga rasmiy munosabat bildirdi.

 

Ozarbayjon TIVning bayonotida qayd etilishicha, 1-aprel kuni Moskvada Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida va undan keyin Rossiya rasmiylari tomonidan jamoatchilik muhokamalarida Ozarbayjonning ichki ishlariga taalluqli masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.

 

Ozarbayjon tomoni Qorabog‘ mintaqasidan siyosiy spekulyatsiyalar uchun foydalanish mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligini bildirib, bu kabi holatlarga barham berilishi kutilayotganini diplomatik kanallar orqali  Rossiya Prezidenti Administratsiyasi, hukumati va Tashqi ishlar vazirligiga yetkazganini ma’lum qildi.

 

“Shunga qaramay, bu mavzu Rossiya tomonining rasmiy siyosiy munozarasida muhokama qilinmoqda. Shunday qilib, bugun Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Vesti” kanaliga bergan intervyusida Armaniston-Rossiya munosabatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirar ekan, yana bir bor Qorabog‘ mintaqasi avval Rossiya yoki Armaniston tomonidan Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olinganmi degan savolga izoh berdi”, deyiladi bayonotda.

 

Ozarbayjon TIV Qorabog‘ mamlakatning ajralmas qismi ekanini tarix, xalqaro huquq va adolat tasdiqlashini qayd etgan. Shuningdek, bu holat 2020-yildagi 44 kunlik urush va 2023-yildagi antiterror tadbirlari natijasida yana bir bor mustahkamlanganini bildirilgan.

 

Bayonotda hech bir davlat, Rossiya ham, hech qachon Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini shubha ostiga qo‘ymagani eslatilgan.

 

Ozarbayjon tomoni mamlakat suverenitetiga oid masalalar Rossiya va Armaniston o‘rtasidagi murakkab munosabatlar fonida omma oldida muhokama qilinmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Ozarbayjon suvereniteti muhokama qilinmaydi — Ozarbayjon TIV | Zamon.uz