O'zbekiston

O‘zbekistonda askarlarga imtiyozli kredit va masofaviy ta’lim imkoniyati beriladi

Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yanada kengaytiriladi.

O‘zbekistonda askarlarga imtiyozli kredit va masofaviy ta’lim imkoniyati beriladi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Yig‘ilishda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarga kasb-hunar egallash, oliy ta’lim olish va kitobxonlikni ommalashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar koʻrib chiqildi.

 

Jumladan, 2026-2027 oʻquv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarga bir qator quyidagi imtiyoz hamda kafolatlar berilishi nazarda tutilmoqda:

 

  • Harbiy xizmat davomida oliygohlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratiladi.
  • Askarlarga tayyorlash kurslari tashkil qilinadi va imtihonlarga tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
  • Shartnoma asosida o‘qiydiganlarga foizsiz imtiyozli kreditlar beriladi. Harbiy fakultet talabalariga tenglashtirish orqali o‘qishni tugatgandan so‘ng zaxiradagi leytenant unvoni taqdim etiladi.
  • Sport musobaqalari va fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan askarlar test sinovlarisiz qabul qilinadi.
  • “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida 3–6 oylik kasb-hunar kurslari tashkil etiladi, maxsus sertifikatlar beriladi.
  • Muddatli harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarning kasb-hunar xarajatlari vaucher orqali qoplab beriladi.
  • Davlat tashkilotlariga ishga kirish istagida bo‘lganlarga testlarda 10 foizlik imtiyoz ballari beriladi.
  • Harbiy xizmatchilar o‘rtasida “Ma’naviyat qalqoni” kitobxonlik tanlovi joriy etiladi, yakuniy bosqich g‘oliblari elektromobil va diplom bilan taqdirlanadi.

 

Davlat rahbari ushbu chora-tadbirlarni ma’qullab, tegishli qarorlarni imzoladi. Yangi chora-tadbirlar mamlakat taraqqiyoti va yuqori bilimli, vatanparvar kadrlar zaxirasini shakllantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda askarlarga imtiyozli kredit va masofaviy ta’lim imkoniyati beriladi | Zamon.uz