O'zbekiston

O‘zbekistonda mart oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi

Inflyatsiyaga oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshishi ta’sir ko‘rsatgan.

O‘zbekistonda mart oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi

O‘zbekistonda 2026-yil mart oyida iste’mol narxlari o‘rtacha 0,6 foizga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 107,1 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 foiz bandga past (2025-yil mart oyida — 110,3 foiz).

 

Hisobotda qayd etilishicha, mart oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘rtacha 1,2 foizga oshgan. Shuningdek, nooziq-ovqat tovarlari 0,3 foizga, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,2 foizga qimmatlashgan.

 

Oziq-ovqat mahsulotlari orasida pomidor (11,5 foiz) , bulg‘or qalampiri (10,0 foiz), kartoshka (9,8 foiz), qovoq (9,4 foiz), olma (7,4 foiz), banan (6,0 foiz) va limon (4,4 foiz) narxlarining o‘sishi inflyatsiyaga asosiy ta’sir ko‘rsatgan. 

 

Shuningdek, tovuq tuxumi (2,1 foiz), mol go‘shti (1,8 foiz), baliq (1,7 foiz), shakar (1,7 foiz), qo‘y go‘shti (1,2 foiz), kungaboqar yog‘i (1,0 foiz), umumiy ovqatlanish shoxobchalaridagi tayyor taomlar (0,8 foiz) va birinchi navli bug‘doy uni (0,6 foiz) narxlari ham oshgan.

 

Ayni paytda, bodring narxi 20,7 foizga, karam 4,7 foizga va piyoz 4,6 foizga arzonlashib, inflyatsiya darajasini pasaytiruvchi omil sifatida qayd etilgan.

 

Nooziq-ovqat tovarlari segmentida tomir kengaytiruvchi preparatlar (0,9 foiz), ayollar ko‘ylaklari (0,8 foiz) va sement (0,8 foiz) narxlari oshgan. Shu bilan birga, propan 3,2 foizga, AI-92 benzini esa 0,9 foizga arzonlagan.

 

Xizmatlar sohasida maishiy chiqindilar uchun to‘lov va bo‘yash ishlari xizmatlari narxlari 0,9 foizga oshgan bo‘lsa, ichki va xalqaro yo‘lovchi havo transporti tariflari 4,1 foizga pasaygan.

 

Qayd etilishicha, hisob-kitoblar 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida qayd etilgan qariyb 1,2 millionta narxlar asosida amalga oshirilgan. Tahlil doirasida 419 turdagi tovarlar va 98 turdagi xizmatlar qamrab olingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda mart oyida inflyatsiya 0,6 foizni tashkil etdi | Zamon.uz