O'zbekiston

O‘zbekistonda un ishlab chiqaruvchi 29 ta korxona birja savdolaridan chetlashtirildi

Shuningdek, unni birja orqali sotish talabini buzgan 25 ta korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

O‘zbekistonda un ishlab chiqaruvchi 29 ta korxona birja savdolaridan chetlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ichki bozorda bug‘doy mahsulotlari narxlarini barqarorlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasida qonunchilik talablarini buzgan bir qator xo‘jalik yurituvchi subyektlar birja savdolaridan chetlashtirildi.

 

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi tartibga muvofiq bug‘doy va un mahsulotlari yuqori likvidli hamda ijtimoiy ahamiyatga ega tovarlar qatoriga kiritilgan bo‘lib, ularni sotish faqat birja savdolari orqali amalga oshirilishi belgilangan. Davlat resursi hisobidan xarid qilingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini belgilangan hajmlarda birja orqali sotish majburiy hisoblanadi.

 

Dastlabki monitoringlar davomida ayrim korxonalar tomonidan ichki bozor uchun ishlab chiqarilgan un mahsulotlarini birja savdolariga chiqarmaslik holatlari aniqlangan. 

 

Shu munosabat bilan, 2026-yil 3-apreldan boshlab davlat resursi bug‘doyidan ishlab chiqarilgan unni birjaga qayta joylashtirmagan yoki talab darajasida sotuvga chiqarmagan 29 ta korxonaga nisbatan chora ko‘rilgan.

 

Shuningdek, joriy yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha davlat resursidan xarid qilingan bug‘doydan ishlab chiqarilgan unni birja orqali sotish tartibiga rioya etmagan 25 ta korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, tegishli ta’sir choralarini qo‘llash bo‘yicha qarorlar qabul qilingan.

 

Raqobat qo‘mitasi ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida davlat resursi bug‘doyini xarid qilgan korxonalar uchun un mahsulotlarini belgilangan hajmlarda birja savdolariga chiqarish majburiy ekanini eslatdi. 

 

Qonunchilik talablari buzilgan taqdirda esa qat’iy choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.