O'zbekiston

Qashqadaryo viloyati hokimi Dehqonobodda “drayver” loyihalar ijrosi bilan tanishdi

Tashrif davomida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolar murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Qashqadaryo viloyati hokimi Dehqonobodda “drayver” loyihalar ijrosi bilan tanishdi

 

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, hududiy rivojlanish dasturlari hamda “drayver” loyihalar ijrosi bilan yaqindan tanishdi.

 

Tashrif avvalida tuman hududidagi mavjud imkoniyatlar, istiqboldagi rejalar va ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan tayyorlangan taqdimot ko‘rib chiqildi. Unda tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan infratuzilma loyihalari, investitsiya tashabbuslari, “Yangi O‘zbekiston” massividagi qurilish ishlari, shuningdek, eski ko‘p qavatli uylarni renovatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Shundan so‘ng viloyat hokimi tomonidan fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etilib, aholi murojaatlari tinglandi. Bildirilgan muammolarni bartaraf etish hamda dolzarb masalalarni hal qilish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

 

Tuman markazida yoshlar bilan ochiq muloqot ham o‘tkazildi. Unda yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Tashrif davomida hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari ham o‘rganildi. Xususan, M‑39 avtomobil yo‘li bo‘yida olib borilayotgan qurilish ishlari, piyodalar va velosiped yo‘laklarini barpo etish loyihalarining borishi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

 

O‘rganishlar yakunida viloyat hokimi barcha yo‘nalishlarda ishlarni samarali tashkil etish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilish hamda hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar yukladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati hokimi Dehqonobodda “drayver” loyihalar ijrosi bilan tanishdi | Zamon.uz