O'zbekiston

Barcha davlat idoralarida haftada bir kun sport kuni bo‘ladi

Xodimlari uchun sport zali yoki maydoncha qurgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.

Barcha davlat idoralarida haftada bir kun sport kuni bo‘ladi

 

Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

 

Yig‘ilishda davlat boshqaruvi organlari rahbarlari sportni ommalashtirishda shaxsiy namuna ko‘rsatishi zarurligi ta’kidlandi. Xususan, har bir vazir, tarmoq va bank rahbari, viloyat hamda tuman hokimlari xodimlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun sharoit yaratishi lozimligi qayd etildi.

 

Shu maqsadda haftada bir kun sport kuni sifatida belgilanishi va bu kunda vazirlik, idora hamda tashkilotlarda sport mashg‘ulotlari o‘tkazilishi belgilandi. Agar muassasalarda sport zallari mavjud bo‘lmasa, sport bazalari yoki federatsiyalar bilan shartnomalar tuzish orqali mashg‘ulotlarni tashkil etish topshirildi.

 

Bundan tashqari, kamida to‘rtta sport turi bo‘yicha yiliga ikki marotaba musobaqalar tashkil etish hamda g‘oliblarni munosib rag‘batlantirish vazifasi qo‘yildi.

 

Joriy yildan boshlab vazirliklar, tarmoqlar, banklar va hokimliklar o‘rtasida har yili respublika birinchiliklarini o‘tkazish ham rejalashtirilmoqda.

 

Yig‘ilishda xususiy sektorda ham ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilishi qayd etildi. Jumladan, tadbirkorlar o‘z ishchi-xodimlari uchun sport zali yoki sport maydonchasi qurish hamda ularni jihozlash uchun sarflagan xarajatlarini foyda solig‘i bazasidan chegirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek, bunday sport infratuzilmasida faoliyat yuritadigan trenerlar uchun daromad solig‘i va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Barcha davlat idoralarida haftada bir kun sport kuni bo‘ladi | Zamon.uz