Jahon

Bugun kechqurun butun sivilizatsiya yo‘q bo‘lishi mumkin — Tramp Eronga so‘nggi ogohlantirish berdi

AQSh prezidenti Eronni Hormuz bo‘g‘ozini ochish va tinchlik shartnomasini tuzish talablarini bajarishga chaqirdi,agar shartlar bajarilmasa halokatli oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini ogohlantirdi.

Bugun kechqurun butun sivilizatsiya yo‘q bo‘lishi mumkin — Tramp Eronga so‘nggi ogohlantirish berdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron hukumatiga so‘nggi ogohlantirish berdi. Oq uy rahbari ijtimoiy tarmoq Truth Social orqali, agar Eron AQSh talab qilgan Hormuz bo‘g‘ozini ochish va tinchlik shartnomasini tuzish shartlarini bajarmasa, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan halokatli oqibatlar haqida ogohlantirdi.

 

AQSh ma’muriyati tomonidan belgilangan muddat 7-aprel kuni Vashington vaqti bilan 20:00 da tugaydi. Tramp shartlar bajarilmasa, Eronning ko‘priklari va energetika infratuzilmasiga kuchli zarba berilishi bilan tahdid qildi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra: “Bugun kechqurun butun bir sivilizatsiya yo‘q bo‘lib ketadi, hech qachon qayta tiklanmaydi. Men bunday bo‘lishini istamayman, lekin ehtimol shunday bo‘ladi”. Shu bilan birga u kelajakda rejim o‘zgarishi va inqilobiy jarayonlar sodir bo‘lishi mumkinligini ham qayd etdi.

 

Uning aytishicha, agar Eron belgilangan shartlarni bajarmasa, AQSh qurolli kuchlari Eron infratuzilmasi, jumladan ko‘priklar, elektr stansiyalari va boshqa obyektlarga qarshi zarbalar berishi mumkin. Eron hukumati esa bunday tahdidlarni qat’iy rad etib, suverenlikni himoya qilishga tayyor ekanini bildirgan .

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bugun kechqurun butun sivilizatsiya yo‘q bo‘lishi mumkin — Tramp Eronga so‘nggi ogohlantirish berdi | Zamon.uz