Jahon

Eron AQShga urushni tugatish bo‘yicha 10 banddan iborat rejani taqdim etdi

Eron hujumlar to‘xtatilsa va sanksiyalar bekor qilinsa, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishini bildirgan.

Eron AQShga urushni tugatish bo‘yicha 10 banddan iborat rejani taqdim etdi

Eron AQSh va Isroil bilan davom etayotgan mojaro fonida urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha 10 banddan iborat rejani taqdim qildi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur taklif Pokiston vositachiligida AQSh tomoniga yetkazilgan. Hujjatda Eronga qarshi har qanday hujumlarni to‘liq to‘xtatish va kelgusida qayta zarba berilmasligi bo‘yicha kafolat berish, Livanda “Hizbulloh”ga qarshi Isroil amaliyotlarini to‘xtatish hamda barcha iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish talablari ilgari surilgan. Buning evaziga Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi muhim dengiz yo‘liga qo‘ygan amaldagi blokadasini bekor qiladi. 

 

Shuningdek, har bir kema uchun taxminan 2 million dollar miqdorida to‘lov joriy etilishi va bu mablag‘ Ummon bilan taqsimlanishi rejalashtirilgan. Eron ushbu daromadni AQSh va Isroil zarbalari natijasida vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklashga yo‘naltiradi va AQShdan kompensatsiya talab qilmaydi.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu taklifni “muhim qadam” deb baholagan, biroq uni yetarli emasligini ta’kidlagan.

 

Avvalroq Tramp Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochmasa, mamlakatdagi muhim infratuzilma obyektlariga zarba berilishi mumkinligini bildirgan edi. U belgilangan muddatgacha talablar bajarilmasa, keng ko‘lamli havo hujumlari amalga oshirilishini ham ma’lum qilgan.

 

Eron davlat OAVlari esa taklif o‘t ochishni vaqtinchalik to‘xtatishni emas, balki urushni to‘liq yakunlashni nazarda tutishini bildirgan.

 

Shuningdek, xabarda rasmiy Tehron o‘z pozitsiyasida qat’iy turayotgani, xususan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida yuk tashish jarayonlariga jiddiy ta’sir ko‘rsata olgani qayd etilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh ham Eron tomoniga 15 banddan iborat taklif yuborgan, biroq Tehron uni rad etgan va o‘z takliflarini ilgari surgan.

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

“Bir safarda bir nechta mamlakat”: Japarov yagona sayyohlik vizasini taklif qildi

Qirg‘iziston prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon uchun yagona sayyohlik vizasini joriy etishni ilgari surdi.

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

Har yili minglab o‘lat holatlari qayd etiladi — JSST

JSST vakili dunyo bo‘ylab o‘lat holatlari bo‘yicha statistikani maʼlum qildi.

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

“Sakkizta urushni tugatdim, yana biri yaqin” — Tramp

AQSH prezidenti orada yana bir qurolli mojaroga chek qo‘yishni kutayotganini aytdi.

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Chiqib ketish uchun pul to‘lanadi: Tailand mamlakatdan chiqish solig‘ini joriy etishni taklif qildi

Dastlab to‘lov faqat havo orqali mamlakatni tark etayotgan yo‘lovchilarga nisbatan qo‘llanadi.

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Tailandda 30 dollarlik chiqish yig‘imi joriy etilishi mumkin: u turistlar va fuqarolardan olinadi

Yig‘im faqat mamlakatdan havo transportida chiqishda undiriladi, quruqlik va dengiz orqali chiqishda esa olinmaydi.

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Kosovoda yangi prezident saylandi: Justina Shiroka Pula lavozimni egalladi

Uning saylanishi muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishi ehtimolini bartaraf etib, mamlakatdagi siyosiy tanglikni yumshatdi.

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyushtirdi: kamida 20 kishi halok bo‘ldi

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, hujumlar Kiyev, Poltava, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlariga qaratilgan.

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

14 harbiyning o‘limi: Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari sobiq bosh qo‘mondoni hibsga olindi

U xizmatga beparvolikda gumon qilinib hibsga olingan.