O'zbekiston

Eron bir kechada yo‘q qilinishi mumkin — Tramp

Tramp seshanba tunigacha Erondagi barcha ko‘priklar va elektr stansiyalari yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Eron bir kechada yo‘q qilinishi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uydagi brifingda Eronga nisbatan keskin bayonotlar berib, Vashingtonda qisqa muddat ichida mamlakat infratuzilmasini yo‘q qilish rejasi mavjudligini bildirdi. Shu bilan birga, u Tehron muzokaralarda ishtirok etayotganini ham ta’kidladi.

 

Trampning ma’lum qilishicha, AQSHda shunday harbiy reja borki, unga ko‘ra seshanba yarim tungacha Erondagi ko‘priklar va elektr stansiyalariga zarba berilishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday operatsiya bir necha soat ichida amalga oshirilishi ehtimoldan xoli emas.

 

Brifingda ishtirok etgan AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset harbiy harakatlar ko‘lami ortib borayotganini bildirib, yaqin kunlarda zarbalar yanada kuchayishini aytdi.

 

Shu bilan birga, Tramp Eronni mojaroni to‘xtatishga qaratilgan muzokaralarda “faol ishtirokchi” deb atadi. Uning aytishicha, vositachilar orqali olib borilayotgan muloqotlar ijobiy baholanmoqda, ammo kelishuv shartlari to‘liq ochiqlanmagan.

 

AQSH prezidenti Eron rahbariyati AQSH talablarini bajarmasa, infratuzilma obyektlariga zarba berish ehtimolini istisno qilmadi. U bu kabi harakatlar yuzasidan xalqaro ayblovlardan xavotir bildirmadi.

 

Shuningdek, Tramp AQSH tomonidan Eron hukumatiga qarshi namoyishchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida qurol yuborilganini, ammo ular belgilangan manzilga bormaganini ma’lum qildi. U bu holatda ayrim vositachilarni ayblab, ular javobgarlikka tortilishi mumkinligini ta’kidladi.

 

Prezidentning aytishicha, AQSH razvedkasi tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayrim eronliklar tashqi bosimlarga qaramay, o‘z pozitsiyalarida qolishga tayyor ekanini bildirgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Eron bir kechada yo‘q qilinishi mumkin — Tramp | Zamon.uz