O'zbekiston

Inson huquqlari va byudjet siyosati: Toshkentda uch kunlik xalqaro seminar o‘tkazilmoqda

Tadbirda 20 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari hamda xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Inson huquqlari va byudjet siyosati: Toshkentda uch kunlik xalqaro seminar o‘tkazilmoqda

 

6-aprel kuni Toshkent shahrida "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni byudjetlashtirishga inson huquqlariga asoslangan yondashuv va sog‘lom atrof-muhitga bo‘lgan huquqlar" mavzusida uch kunlik seminar boshlandi. Tadbir Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi ishtirokida tashkil etildi.

 

                   

 

Anjumanda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kabi 20 dan ortiq vazirlik va idora vakillari ishtirok etmoqda.

 

                         

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov seminarni ochar ekan, hozirgi sharoitda byudjet siyosati inson huquqlarini amalga oshirishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilayotganini taʼkidladi. Akademik A. Saidov qayd etganidek, aynan byudjet orqali davlat siyosatida inson huquqlari ustuvorligining real darajasi namoyon bo‘ladi va ushbu huquqlarning amaliy ijrosi taʼminlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Gulnora Rahimova mamlakatimizda davlat moliyasini boshqarish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar byudjet xarajatlarining samaradorligi va manzilliligini oshirishga qaratilganini taʼkidladi.

 

                         

 

Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Tashabbusli byudjet" (Open Budget) tashabbusi fuqarolarning byudjet mablag‘larini taqsimlash jarayonidagi ishtirokini kengaytirish, davlat moliyasining shaffofligi va hisobdorligini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirishda aholi ehtiyojlarini yana-da to‘liq hisobga olishni taʼminlashning samarali mexanizmiga aylangani alohida eʼtirof etildi.

 

Tadbirda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Boshqarmasi mutaxassisi Igor Grishko ekspert sifatida ishtirok etar ekan, inson huquqlari nuqtai nazaridan byudjet siyosatini tahlil qilishning zamonaviy metodologiyalarini taqdim etdi. Uning taʼkidlashicha, "inson huquqlariga asoslangan byudjet davlatlarga o‘z qarorlarining tengsizlik darajasiga va fuqarolarning asosiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga taʼsirini aniqroq baholash imkonini beradi, shuningdek, byudjet jarayonining shaffofligi va hisobdorligini oshiradi".

 

                   

 

Seminar dasturi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar sohasidagi xalqaro standartlar, ularni monitoring qilish mexanizmlari, byudjet sikli va jamoatchilik ishtiroki, shuningdek, inson huquqlari nuqtai nazaridan byudjet xarajatlari va daromadlarini tahlil qilishning amaliy vositalarini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli masalalarni qamraydi.

 

Tadbir yakunida O‘zbekiston Respublikasining byudjet va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida inson huquqlari integratsiyasini yana-da mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish rejalashtirilgan.

 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi matbuot xizmati

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Inson huquqlari va byudjet siyosati: Toshkentda uch kunlik xalqaro seminar o‘tkazilmoqda | Zamon.uz