Jahon

Isroil G‘azodagi maktab yaqiniga zarba berdi

Hujum oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi.

Isroil G‘azodagi maktab yaqiniga zarba berdi

Dushanba kuni G‘azo sektorida ko‘chirilgan falastinliklar joylashgan maktab yaqinida amalga oshirilgan Isroil havo zarbasi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, yana bir nechta odam yaralandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

 

Tibbiyot xodimlarining ma’lum qilishicha, hujum markaziy G‘azodagi Mag‘oziy qochqinlar lageri sharqida, aholi zich joylashgan hududda sodir etilgan. 

 

Shifokorlar va mahalliy aholi vakillarining aytishicha, hujumdan oldin falastinliklar va Isroil qo‘llab-quvvatlayotgan militsiya a’zolari o‘rtasida to‘qnashuv yuzaga kelgan. Ular mazkur guruh maktabga hujum qilib, ayrim odamlarni o‘g‘irlab ketmoqchi bo'lganini bildirgan.

 

To‘qnashuvlar davomida Isroil hududga ikkita raketa uchirgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, militsiya a’zolari hududga kirib kelganidan so‘ng o‘q uzishni boshlagan, aholi esa o‘zlarini himoya qilishga uringan.

 

Keyinroq, Isroil qo‘llab-quvvatlayotgan militsiya rahbarlaridan biri videomurojaatda (uning haqiqiyligi hozircha tasdiqlanmagan) besh nafar HAMAS a’zosi o‘ldirilganini ma’lum qildi. HAMAS bu bayonotga izoh bermagan.

 

Avvalroq shu kuni G‘azo shahrida mototransportda ketayotgan bir falastinlik Isroil zarbasi natijasida halok bo‘lib, bir bola yaralangan. Shuningdek, markaziy G‘azoda avtomobilga o‘q uzilishi natijasida yana bir kishi halok bo‘lgan. Shu tariqa kun davomida qurbonlar soni kamida 12 nafarga yetgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.