Jahon

JSST G‘azodan tibbiy evakuatsiyalarni to‘xtatdi

Bunga tashkilot xodimlaridan birining o'limi sabab bo'lgan.

JSST G‘azodan tibbiy evakuatsiyalarni to‘xtatdi

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) G‘azo sektoridan bemorlarni tibbiy evakuatsiya qilish jarayonini vaqtincha to‘xtatdi. Bu qaror tashkilot bilan hamkorlik qilgan pudratchi xodimlardan birining xavfsizlik hodisasi oqibatida halok bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu haqda TASS xabar berdi.

 

JSST bosh direktori o‘z bayonotida ma’lum qilishicha, hodisa G‘azo sektorida sodir bo‘lgan. Unga ko‘ra, tashkilot bilan ishlagan xizmat ko‘rsatuvchi pudratchi halok bo‘lgan.

 

“JSST afsuski, bugun G‘azo sektorida sodir bo‘lgan xavfsizlik hodisasida xizmat ko‘rsatuvchi pudratchimiz halok bo‘lganini tasdiqlaydi. Ushbu hodisadan so‘ng bugungi kunda bemorlarni G‘azodan Rafah orqali Misrga tibbiy evakuatsiya qilish jarayoni to‘xtatildi”, — deyiladi bayonotda.

 

Ma’lum qilinishicha, hodisa vaqtida JSSTning yana ikki xodimi voqea joyida bo‘lgan, biroq ular jarohat olmagan.

 

Tashkilotga ko‘ra, G‘azo sektoridan bemorlarni Rafah chegara punkti orqali Misrga tibbiy evakuatsiya qilish ishlari keyingi xabarnoma berilgunga qadar to‘xtatib turiladi.

 

Hodisa yuzasidan tegishli organlar tomonidan tekshiruv o‘tkazilishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

JSST G‘azodan tibbiy evakuatsiyalarni to‘xtatdi | Zamon.uz