Jahon

Mujtabo Xomanaiy hushsiz holatda — The Times

Eronning yangi oliy rahbari Qum shahrida davolanayotgani ma’lum qilindi.

Mujtabo Xomanaiy hushsiz holatda — The Times

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy ayni damda hushsiz holatda bo‘lib, mustaqil qaror qabul qila olmaydi. Bu haqda The Times nashri AQSH va Isroil razvedka xizmatlari ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha,  Mujtabo Xomanaiy hozirda Qum shahrida davolanayotganmoqda va hukumat qarorlarida ishtirok eta olmayapti.

 

Xabarga ko‘ra, bu AQSH va Isroil harbiy operatsiyasi boshlangandan beri Xomanaiyning qayerda ekanligi haqidagi birinchi ochiqlangan ma’lumotdir. Lekin AQSH va Isroil razvedkasi Mujtabo Xomanaiyning qayerda ekanligini allaqachon bilgan. 

 

Taxminlarga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy 28 fevral kungi ilk zarbalar oqibatida og‘ir yaralangan va o‘shandan beri omma oldida ko‘rinish bermagan. 

 

Hozircha Eron rasmiylari bu xabarni tasdiqlamagan ham,rad ham etmagan.

 

Shuningdek, diplomatik qaydda Eronning sobiq oliy rahbari, marhum Ali Xomanaiyni Qum shahrida dafn etishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani keltirilgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Mujtabo Xomanaiy hushsiz holatda — The Times | Zamon.uz