O'zbekiston

O‘zbekistonda chet tillari o'quv markazlarini ochish bo‘yicha imtiyozlar kengaytiriladi

30 yoshdan oshganlarga ham o‘quv markazi ochishda 120 mln so‘mgacha ssuda ajratiladi.

O‘zbekistonda chet tillari o'quv markazlarini ochish bo‘yicha imtiyozlar kengaytiriladi

O‘zbekistonda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha imtiyozli shartlar doirasi kengaytiriladi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram-kanali xabar berdi.

 

Hujjatga ko‘ra, yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalar reyestri joriy etiladi. Reyestrga kiritilgan, patentlangan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ishlanmalar asosida mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan korxonalar hamda ularning xodimlariga 2017-yil 30-iyundagi PF–5099-son farmonda nazarda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar tatbiq etiladi.

 

Shuningdek, patent olinmagan ilmiy ishlanmalar asosida faoliyat yuritayotgan korxonalar 2026-yil 1-maydan 2029-yil 1-maygacha foyda solig‘ini amaldagi stavkadan 50 foiz kamaytirilgan holda to‘laydi.

 

Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-maydan boshlab olimlar va tadbirkorlar tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida amalga oshirilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijasida yaratilgan ishlanmalar bo‘yicha tajriba-sinov ishlari xarajatlarining bir qismi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

 

Bundan tashqari, xorijiy til bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega yoshlarga olis va borish qiyin hududlarda o‘quv markazlari ochish uchun beriladigan imtiyozli shartlar kengaytirilmoqda. 

 

Endilikda bunday foizsiz ssudalar 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham taqdim etiladi. Mazkur kreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yil muddatga, bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha ajratiladi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.