O'zbekiston

O‘zbekistonda yuqori natija ko‘rsatgan sport maktablari 500 million so‘m bilan mukofotlanadi

Prezident sport maktablari faoliyatidagi kamchiliklarni tanqid qilib, murabbiylar faoliyati sportchilar natijasi bilan baholanishi kerakligini ta’kidladi.

O‘zbekistonda yuqori natija ko‘rsatgan sport maktablari 500 million so‘m bilan mukofotlanadi

Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ixtisoslashgan sport maktablari faoliyati tahlil qilinib, ayrim hududlarda ularning natijalari oddiy sport maktablaridan deyarli farq qilmayotgani tanqid qilindi.

 

Misol sifatida, Termiz shahridagi to‘rtta ixtisoslashgan sport maktabining natijalari Jarqo‘rg‘on tumanidagi bitta sport maktabi darajasiga ham yetmayotgani qayd etildi. Xususan, Jarqo‘rg‘on sport maktabi o‘tgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, viloyatdagi to‘rtta ixtisoslashgan maktab hisobida atigi bitta medal mavjud.

 

Yig‘ilishda har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori, murabbiylari va jamoasi ish uslubini tubdan o‘zgartirishi, o‘sish nuqtalarini aniq belgilashi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, murabbiylar va rahbarlarning oylik maoshi sportchilar erishayotgan natijalarga bog‘lanishi lozimligi qayd etildi.

 

Mutasaddilarga yuqori natijalarga erishgan sport maktablarini amaldagi rag‘batlantirish tizimidan tashqari qo‘shimcha ravishda 500 million so‘mdan alohida mukofotlash tizimini joriy etish topshirildi.

 

Yig‘ilishda sport federatsiyalari faoliyati ham tanqid qilindi. Xususan, federatsiyalar tomonidan hamkorlar topish, moliyaviy manbalarni kengaytirish va tadbirkorlarni sportga jalb etish borasida tashabbuslar yetishmayotgani qayd etildi.

 

Ta’kidlanishicha, mamlakatda sportga qiziqadigan va homiylik qilishga tayyor tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Biroq hozirgacha birorta federatsiya tadbirkorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik bo‘yicha aniq takliflar kiritmagan.

 

Shu munosabat bilan mutasaddilarga 26 ta sport federatsiyasidagi bosh kotiblar va boshqaruv kadrlari faoliyatini chuqur o‘rganib chiqish, lavozimiga loyiq bo‘lmagan rahbarlarni almashtirish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish topshirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda yuqori natija ko‘rsatgan sport maktablari 500 million so‘m bilan mukofotlanadi | Zamon.uz