O'zbekiston

Sayyohlar uchun qayta ochilgan Imom Buxoriy majmuasi 65 ming ziyoratchini sig'dira oladi

Ziyoratgoh avval bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo'lgan.

Sayyohlar uchun qayta ochilgan Imom Buxoriy majmuasi 65 ming ziyoratchini sig'dira oladi

Islom olamida “Muhaddislar sultoni” va “Amirul mo‘minin fil hadis” (hadis ilmida mo‘minlar amiri) deya e’tirof etilgan Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy faqatgina O‘zbekiston emas, butun musulmon dunyosining faxri hisoblanadi. U zotning hayoti, ilmiy merosi va ma’naviy ta’siri asrlar davomida musulmonlarning aqidaviy va axloqiy hayotida muhim o‘rin tutib kelmoqda.

 

 

Joriy yilning 19-mart kuni Samarqandda rasman ochilgan Imom Buxoriy majmuasiga Turizim qo‘mitasi va Jurnalistlar uyushmasi tomonidan press-tur tashkil qilindi.

 

“Muborak Ramazon hayiti arafasida buyuk vatandoshimiz, hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy hazratlarining ruhi poklariga yana bir bor hurmat-ehtirom bajo keltirmoqdamiz. Buxoriy bobomiz Qur’oni karimdan keyingi eng mo‘tabar manba bo‘lgan hadislar kitobini yaratib, butun islom olamida shuhrat qozongan ulug‘ siymodir. Muqaddas zaminimiz dunyoga mana shunday mashhur allomani bergani bilan har qancha faxrlansak, arziydi”, – degan edi davlat rahbari joriy yil Ramazon hayiti arafasida Imom Buxoriy majmuasiga tashrifi chog‘ida.

 

 

Xartang qishlog‘idagi alloma qabri asrlar davomida muqaddas ziyoratgoh bo‘lib kelgan. Dastlabki yirik yodgorlik majmuasi 1997–1998-yillarda alloma tavalludining 1225 yilligi munosabati bilan qurilgan edi. Ammo prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2021-yilning muborak Ramazon kunlarida majmuani butunlay qayta barpo etish ishlari boshlandi. Ushbu ulkan loyihaning maqsadi — majmuani Imom Buxoriyning islom olamidagi yuksak maqomiga munosib qilish va ziyoratchilar uchun eng zamonaviy sharoitlarni yaratish deya izohlandi. Yangi majmuaning tantanali ochilish marosimi 2026-yil 19-mart kuni bo‘lib o‘tdi.

 

Yangilangan majmuaning umumiy hududi sezilarli darajada kengaytirilib, 65 gektarni tashkil etdi (ziyoratgohning asosiy qismi 44-45 gektar). Majmuaning markazida masjid, minoralar, maqbara va ayvonlar mavjud. Bir vaqtning o‘zida 10 000 nafar namozxonni sig‘dira oladigan ulkan masjid barpo etildi. Masjidning ichki, ustunsiz qismi 38×38 metrni tashkil etib, ibodat uchun keng fazo yaratadi. Asosiy gumbazning diametri 19 metr, balandligi esa 54 metrni tashkil etadi. Hayit bayramlarida majmua hovlisi bilan birga 35-40 ming odamni qabul qilishi mumkin.

 

Majmuaning to‘rt burchagida balandligi 74-75 metrlik to‘rtta muhtasham minora qad rostlagan bo‘lib, ular ziyoratgohga alohida salobat bag‘ishlaydi. Imom Buxoriyning yangilangan maqbarasi 14,0×14,0 metr o‘lchamda (ilgari 9×9 edi) va balandligi 27-28 metr etib barpo etildi. Maqbaraning yer osti qismida ziyoratchilar alloma qabrini bevosita ko‘rishlari uchun galereya tashkil etilgan. Majmuada milliy uslubda ishlangan, 154 ta naqshinkor ustunga ega muhtasham ayvonlar mavjud. Kirish va chiqish ayvonlarining har biri 684 m² maydonni egallaydi.

 

 

Noyob toshlar

 

Majmuaning tashqi va ichki qismini bezashda dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan eng sara toshlardan foydalanilgan.

 

Majmuaning tashqi qismida qo‘llanilgan Snow White Thassos (Gresiya) toshi  Tasos orolidan olinadigan dunyoning eng oq marmarlaridan biridir. Uning asosiy xususiyati shundaki, hatto jazirama kunlarda ham past haroratni saqlab qoladi va bino ichiga quyosh issiqligi o‘tishini sezilarli darajada kamaytiradi.

 

Afg‘oniston oq marmari esa majmuaga Afg‘oniston hukumati tomonidan maxsus sovg‘a sifatida taqdim etilgan.

 

Masjidning ichki qismi va ustunlari uchun Aran White (Turkiya) toshi tanlangan bo‘lib, unga milliy uslubda nafis o‘ymakorlik naqshlari ishlangan.

 

Bundan tashqari, Finlandiyadan Baltic Green, Portugaliyadan Moleanos toshlari, shuningdek, bezaklarda zumrad va shunga o‘xshash qimmatbaho toshlar ishlatilgan.

 

Ayvon ustunlari Hindistondan keltirilgan toshlardan yasalib, unga milliy naqshlar noziklik bilan o‘yib solingan.

 

Majmua hududida ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan. Bu muqaddas qadamjo avval bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir 65 ming nafar mehmonga xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

 

Ziyoratgoh atrofida mehmonxonalar va savdo-servis nuqtalari tashkil etilgan. 

 

Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi bugungi kunda O‘zbekistondagi eng muhim ma’naviyat va ma’rifat markazlaridan biri sifatida yangidan faoliyat boshladi. Majmua buyuk allomaning islom ilmlariga qo‘shgan beqiyos hissasiga munosib hurmat ifodasidir.

custom img

Toshkentda chang-to‘zon xavfi: Maxsus komissiya ogohlantirdi

Toshkentda yomg‘ir oldidan shamol kuchayishi sabab qisqa muddatli chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

custom img

Juda ko‘p miqdordagi firibgarlik: gumonlanuvchi Gruziyada qo‘lga olindi

Interpol Milliy markaziy byurolari xodimlari ishtirokida fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan.

custom img

“Karvon” bozori yonmoqda: qutqaruvchilar voqea joyida

Hozirda yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

custom img

Afg‘onistondan kelgan yuk mashinasi tekshirildi: 52,5 kg narkotik topildi

“Ayritom” chegara bojxona postiga kirib kelgan yuk mashina tirkamasining poliga yashirilgan o‘ramlardan 42,3 kilogramm gashish va 10,2 kilogramm opiy topilgan.

custom img

Qashqadaryoda 4 yoshli qizning o‘limi: oiladagi boshqa bola vasiyga topshirildi

Avvalroq 4 yoshli qizcha o‘gay onasining kaltaklashi oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Kiyev va Moskva zarbalar almashdi: 5 kishi halok bo‘ldi

Hujumlar chog‘ida Odessa viloyatida Liberiya bayrog‘i ostida suzayotgan kema va Kiyevdagi Shimoliy ko‘prik ham nishonga olingan. Ukraina Rossiya bosib olgan hududlarga zarba bergan.

custom img

Mahkumlarni vataniga o‘tkazish: O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi bitim ratifikatsiya qilinadi

Bitimga ko‘ra, ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan mahkumlar jazoning qolgan qismini fuqarosi bo‘lgan davlatda o‘tashi uchun o‘tkazilishi mumkin.

custom img

O'gay qizini o'ldirdi: Qashqadaryoda 4 yoshli qiz o‘gay onasi urishi oqibatida vafot etdi

Bosh qismidan jiddiy jarohat olgan qizaloqning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u shu kuni hayotdan ko‘z yumgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"