O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i ijrosi doirasida ichki ishlar xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari boshlandi

Mashg‘ulotlarga davlat organlari, sud-huquq tizimi vakillari, ekspertlar hamda malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilgan.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i ijrosi doirasida ichki ishlar xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida ichki ishlar organlari xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari boshlandi.

 

Ma’lum qilinishicha, uch kunlik mashg‘ulotlar xodimlarning aholi bilan samarali muloqot qilish, murojaatlarni tizimli hal etish, shuningdek kasbiy va psixologik tayyorgarligini oshirishga qaratilgan.

 

Dastur doirasida tinglovchilar fuqarolar bilan ishlashning zamonaviy yondashuvlari, huquqbuzarliklarning oldini olish, tergov jarayonlarida qonuniylikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlarini o‘rganmoqda.

 

Mashg‘ulotlarga davlat organlari, sud-huquq tizimi vakillari, ekspertlar hamda malakali professor-o‘qituvchilar jalb etilgan. Ta’lim jarayoni amaliy keyslar va simulyatsion vaziyatlar asosida tashkil etilgani qayd etilmoqda.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 13-mart kuni aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, Xalq qabulxonalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.

 

Mazkur yig‘ilishida Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga ichki ishlar organlari faoliyatiga oid murojaatlar haligacha ko‘plab tushayotgani, ayrim hollarda xodimlar muomalasi va xizmat faoliyati yuzasidan salbiy fikrlar bildirilayotgani tanqidiy muhokama qilingan edi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i ijrosi doirasida ichki ishlar xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslari boshlandi | Zamon.uz