O'zbekiston

Toshkent viloyatidagi bogʻchada bolani haqorat qilib urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Tarbiyachi bolaning uxlamaganidan norozi bo‘lib, uni “urod” deb haqorat qilgan va urgan.

Toshkent viloyatidagi bogʻchada bolani haqorat qilib urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Toshkent viloyatining Ohangaron shahridagi maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyachi tomonidan kichik yoshli bolaga nisbatan jismoniy kuch ishlatilgani va u haqorat qilingani ma’lum bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo‘shatilgan.

 

Kun.uzning ma'lum qilishicha, voqea Ohangaron shahridagi 10-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida sodir bo‘lgan.

 

Tarbiyachi bolaning uxlamaganidan norozi bo‘lib, uni “urod” deb haqorat qilgan hamda unga nisbatan jismoniy kuch ishlatgan. U ushbu jarayonni tasvirga olib, tanishiga yuborgan.

 

Bildirilishicha, tarbiyachi Sh.A. bolaga nisbatan jismoniy kuch ishlatgani hamda tarbiyalanuvchining sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi munosabatda bo‘lgani sababli 2026-yil 6-aprel kuni u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, ishdan bo‘shatilgan.

 

Bolalar ombudsmani ushbu harakatlar bolaga nisbatan zo‘ravonlik va uning sha’ni hamda qadr-qimmatini kamsitish sifatida baholanishini ta’kidladi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Ohangaron shahar ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Qayd etilishicha, bola manfaatlarini himoya qilish maqsadida ushbu ish Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan. Holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar keyinchalik taqdim etilishi kutilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.