O'zbekiston

Toshkentda ikkita avtobusda yong‘in yuzaga keldi

Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Toshkentda ikkita avtobusda yong‘in yuzaga keldi

Toshkent shahrida 6-aprel kuni “Mercedes-Benz” rusumli ikkita yo‘lovchi avtobusida yong‘in va tutun chiqishi holatlari qayd etildi. Holatlar yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy ma’lumot berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, birinchi hodisa soat 18:45 atrofida Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasida sodir bo‘lgan. 2012-yilda ishlab chiqarilgan, “4-avtobus saroyi” tasarrufidagi, davlat raqami 01/916 OJA bo‘lgan 143-sonli yo‘nalish avtobusida elektr kabellarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in yuzaga kelgan. Haydovchi F.A. dastlabki o‘t o‘chirish vositasi bilan yong‘inni bartaraf etishga uringan, biroq alanga kuchaygan. Shundan so‘ng voqea joyiga FVV yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari yetib kelib, yong‘inni qisqa vaqt ichida o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, avtobusga texnik zarar yetgan.

 

Ikkinchi holat esa shu kuni soat 21:55 da Qibray tumanidagi “Qashqarlik” bekatida kuzatilgan. “8-avtobus saroyi” filialiga qarashli, davlat raqami 01|988 TCA bo‘lgan, 169-sonli yo‘nalishda harakatlangan 2012-yilda ishlab chiqarilgan avtobusda motor qismidagi elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab tutun chiqishi aniqlangan. Haydovchi A.U. vaziyatni tezkor baholab, zarur choralarni ko‘rgan va tutash holatini bartaraf etgan. Ushbu hodisada ham jabrlanganlar yo‘q, avtobus texnik shikastlangan.

 

Hozirda har ikkala holat yuzasidan mutaxassislar tomonidan xizmat tekshiruvlari olib borilmoqda hamda texnik nosozliklarni bartaraf etish ishlari davom etmoqda. 

 

Avtobuslar to‘liq soz holatga keltirilgach, belgilangan tartibda yana yo‘nalishlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda ikkita avtobusda yong‘in yuzaga keldi | Zamon.uz