Jahon

Ukraina Rossiyaga energetika obyektlariga o‘zaro hujumlarni to‘xtatishni taklif qildi

Moskva hozircha ushbu tashabbusga rasmiy munosabat bildirmagan.

Ukraina Rossiyaga energetika obyektlariga o‘zaro hujumlarni to‘xtatishni taklif qildi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga energetika infratuzilmasi obyektlariga hujumlarni o‘zaro to‘xtatish bo‘yicha sulh taklif qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tashabbus AQSh vositachiligi orqali Rossiya tomoniga yetkazilgan.

 

Prezident agar Rossiya Ukraina energetika sektoriga hujumlarni to‘xtatsa, Kiyev ham shunga o‘xshash zarbalardan voz kechishga tayyor ekanini ta’kidlagan.

 

Zelenskiyning bayonoti Odessada sodir bo‘lgan dron hujumi ortidan yangragan. Hujum natijasida turar-joy binolari va energetika obyektlariga zarar yetgan. Uch kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan, yana 18 kishi jarohat olgan.

 

Ukraina prezidenti ta’kidlashicha, Kiyev avval ham bir necha bor gumanitar sulh tashabbuslarini ilgari surgan, jumladan diniy bayramlar davrida vaqtinchalik sulh e’lon qilish taklif qilingan. Biroq bu tashabbuslar hozircha qo‘llab-quvvatlanmagan.

 

Zelenskiy shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan Rossiyaning energetika infratuzilmasiga berilgan uzoq masofali zarbalar Rossiya iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganini, xususan neftdan olinadigan daromadlarni kamaytirayotganini qayd etdi.

 

Reuters agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mart oyida Ukraina hujumlari Rossiyaning bir qator yirik yoqilg‘i infratuzilmasi obyektlariga zarar yetkazgan.

 

Hozircha Moskva ushbu sulh tashabbusiga rasman javob bergani yo‘q.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ukraina Rossiyaga energetika obyektlariga o‘zaro hujumlarni to‘xtatishni taklif qildi | Zamon.uz