Jahon

Venesuela prezidentligiga nomzod bo‘lishim mumkin — Tramp

AQSH Prezidenti Venesueladagi saylovlarda qatnashsa eng ko‘p ovozga ega bo‘lishini aytdi.

Venesuela prezidentligiga nomzod bo‘lishim mumkin — Tramp

AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela prezidentligiga nomzodini qo‘yishi mumkinligini bildirib, buning uchun ispan tilini “tezda o‘rganishini” aytdi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

 

Ushbu bayonot dushanba kuni Eron hududida urib tushirilgan qiruvchi samolyotdan so‘ng bedarak yo‘qolgan AQSh Harbiy-havo kuchlari ofitserini qutqarish operatsiyasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida yangradi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar u Venesuelada saylovda qatnashsa, mamlakatda eng yuqori reytingga ega bo‘lishi mumkin. 

 

Prezident matbuot anjumani davomida Venesuela haqida bir necha bor to‘xtalib, AQShning ushbu davlatdagi harakatlarini tilga oldi. U Pasxa dam olish kunlaridagi qutqaruv operatsiyasini Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qo‘lga olingani bilan solishtirdi hamda Venesuela bilan bog‘liq mojaro “45 daqiqada yakunlanganini” ta’kidladi. Shuningdek, AQSh ushbu mamlakatdan yuzlab million barrel neft olganini qayd etdi.

 

Avvalroq, hukumat yig‘ilishlaridan birida ham Tramp Venesuelada prezidentlik saylovida qatnashishi mumkinligini aytib, bu g‘oyani “ajoyib variant” deb atagan edi. U vaqtinchalik prezident Delsi Rodrigezga qarshi saylovda ishtirok etishini ham istisno qilmagan.

 

Shu bilan birga, Tramp o‘zining til o‘rganish qobiliyatini yuqori baholaganiga qaramay, o‘tgan oy Lotin Amerikasi yetakchilari bilan o‘tgan sammitda yangi til o‘rganishga vaqt ajratmasligini bildirgan edi. U o‘sha chiqishida AQSh davlat kotibi Marko Rubioning ispan tilini mukammal bilishini alohida ta’kidlagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Venesuela prezidentligiga nomzod bo‘lishim mumkin — Tramp | Zamon.uz