Jahon

Afg‘onistonda suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 130 dan oshdi

12 kun davom etgan yomon ob-havo Afg‘onistonda minglab uylarning vayron bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Afg‘onistonda suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 130 dan oshdi

 

Afg'onistonda kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar natijasida halok bo‘lganlar soni 130 nafardan oshdi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar berdi.

 

Agentlikning Milliy tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib bildirishicha, tabiiy ofatlar oqibatida 132 kishi halok bo‘lgan, yana 192 kishi jarohat olgan.

 

Ma’lum qilinishicha, mamlakat hududida 12 kun davom etgan kuchli yog‘ingarchilik ko‘plab hududlarda suv toshqinlari va yer ko‘chishlariga sabab bo‘lgan. Natijada 5400 ga yaqin bino to‘liq yoki qisman vayron bo‘lgan.

 

Tabiiy ofat oqibatida ko‘plab chorva mollari ham nobud bo‘lgani qayd etilmoqda. Eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlarga qutqaruv hamda gumanitar yordam guruhlari yuborilgan bo‘lib, hozirda yetkazilgan zararni aniqlash va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish ishlari davom etmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.