Jahon

AQSh va Eron sulhga erishganidan so‘ng ham hujumlar davom etmoqda

BAA, Kuvayt va Bahrayn hududlariga raketa va dron hujumlari uyushtirilgani ma’lum qilindi.

AQSh va Eron sulhga erishganidan so‘ng ham hujumlar davom etmoqda

Fors ko‘rfazi mintaqasida Eron va AQSH o‘rtasida ikki haftalik sulh e’lon qilinganiga qaramay, bir qator davlatlar o‘z hududlarida raketa va dron hujumlari kuzatilganini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Al Jazeera.

 

BAA Mudofaa vazirligiga ko‘ra, mamlakat havo mudofaa tizimlari Eron tomonidan uchirilgan ballistik va qanotli raketalar hamda dronlarni to‘sib qolgan. Mamlakatning turli hududlarida eshitilgan portlash ovozlari aynan ushbu to‘sib qolish jarayonlari bilan bog‘liq ekani qayd etilgan.

 

Kuvayt armiyasi ham ertalabdan boshlab jami 28 ta dron yo‘q qilinganini bildirdi. Ma’lum qilinishicha, ayrim dronlar muhim neft obyektlari, elektr stansiyalari va suvni tuzdan tozalash inshootlarini nishonga olgan. 

 

Bahrayn Ichki ishlar vazirligi esa Sitra hududida dron to‘sib qolinganda parchalar tushishi oqibatida ikki nafar fuqaro yengil jarohat olganini ma’lum qildi. 

 

Shuningdek, bir nechta uylarga zarar yetgan. Poytaxt Manamada portlash ovozlari eshitilgani, Sitra orolida esa tutun ko‘tarilgan.

 

Ayni paytda, Eron hozircha ushbu da’volarga rasmiy munosabat bildirmagan. Biroq mamlakat davlat telekanali Lavan orolidagi neftni qayta ishlash zavodi ham hujumga uchraganini ma’lum qildi. Yong‘inni o‘chirish ishlari olib borilayotgani, jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

 

Vashington va Tehron o‘rtasidagi sulh AQSH prezidenti Donald Tramp tomonidan Eronga berilgan muddat tugashidan bir soat oldin e’lon qilingan edi. 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

AQSh va Eron sulhga erishganidan so‘ng ham hujumlar davom etmoqda | Zamon.uz