Jahon

Bill Geyts AQSh Kongressida Epshteyn bilan aloqalari bo‘yicha ko‘rsatma beradi

Microsoft asoschisi rossiyalik ayollar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganini tan olib, Epshteyn bilan aloqalari uchn xodimlaridan uzr so‘ragan edi.

Bill Geyts AQSh Kongressida Epshteyn bilan aloqalari bo‘yicha ko‘rsatma beradi

Microsoft asoschisi va xayriya ishlari bilan tanilgan Bill Geyts joriy yil 10-iyun kuni AQSh Kongressi komissiyasiga ko‘rsatma beradi. Ushbu komissiya jinsiy jinoyatchi Jeffri Epshteyn faoliyatini tekshirmoqda.

 

Qayd etilishicha, Kongress a’zolari 3-mart kuni Geytsdan Epshteyn bilan do‘stona munosabatlari haqida ma’lumot berishni talab qilganini tasdiqladi. Avvalroq komissiya oldida boshqa mashhur shaxslar, jumladan AQShning sobiq prezidenti Bill Klinton va uning rafiqasi, sobiq davlat kotibi Hillari Klinton ham ko‘rsatma bergan.

 

Geytsning rasmiy vakili BBC'ga ma’lum qilishicha, u “qo‘mita a’zolarining barcha savollariga mamnuniyat bilan javob berib, ularning ishiga ko‘maklashadi”. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Epshteyn jinoyatlaridan jabr ko‘rganlar hech qachon Geytsga nisbatan ayblov qo‘ymagan. Uning ismi AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Epshteyn fayllari”dagi millionlab hujjatlarda ko‘p bor uchraydi, biroq bu holatning o‘zi noqonuniy yoki nomaqbul xatti-harakatlarga dalil bo‘la olmaydi.

 

Adliya vazirligi Epshteyn ishi bo‘yicha qariyb uch million hujjatni e’lon qilgan, yana bir necha million hujjat esa hali ochiqlanmagan.

 

Shuningdek, so‘nggi yillarda xayriya faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan Geyts Epshteyn bilan bir muddat do‘stona aloqada bo‘lganini yashirmaydi. Biroq u uning jinoyatlari haqida hech narsa bilmaganini ta’kidlab keladi.

 

“Gates” jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, Geyts yaqinda ushbu masala yuzasidan tashkilot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z harakatlari uchun javobgarlikni zimmasiga olgan. 

 

The Wall Street Journal ma’lumotlariga ko‘ra, Geyts xodimlaridan uzr so‘ragan, shuningdek Rossiyadan bo‘lgan ikki ayol bilan munosabatlari bo‘lganini tan olgan va bundan Epshteyn xabardor bo‘lgan. Nashr yozishicha, Epshteyn ushbu munosabatlardan biriga doir ma’lumotlar bilan Geytsga tahdid qilishga uringan.

 

The Wall Street Journal Geyts xodimlariga moliyachi  Epshteyn bilan 2011-yilda, ya’ni moliyachi voyaga yetmagan shaxsni fohishalikka jalb qilishda aybini tan olganidan bir necha yil o‘tib, tanishganini aytgan. U Epsteynga nisbatan qo‘yilgan safar cheklovlari haqida bilganini, biroq uning tarjimayi holini yetarlicha tekshirmaganini ham qo‘shimcha qilgan.

 

Avvalroq Geyts Avstraliyaning 9News telekanaliga bergan intervyusida Epshteyn bilan aloqalari faqat umumiy kechki ovqatlar bilan cheklanganini aytgan va unga tegishli orolga hech qachon bormaganini ta’kidlagan.

 

“Men u bilan o‘tkazgan har bir daqiqadan afsusdaman va buning uchun uzr so‘rayman”, — degan Geyts.

 

Lekin BBC'ga berilgan bayonotda uning vakili Geyts hech qachon Epshteyn bilan umumiy ziyofatlarda qatnashmaganini va uning noqonuniy harakatlariga aloqador bo‘lmaganini bildirgan.

 

Yaqin oylarda Epshteyn bilan aloqalar bo‘yicha AQSh Kongressi komissiyasiga AQShning amaldagi savdo vaziri Hovard Lyutnik va sobiq bosh prokuror Pem Bondi ham ko‘rsatma berishi kutilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Bill Geyts AQSh Kongressida Epshteyn bilan aloqalari bo‘yicha ko‘rsatma beradi | Zamon.uz