Jahon

Dunyoga o‘t qo‘yib, keyin chelak bilan kelganlarni olqishlamaymiz — Ispaniya Bosh vaziri

Pedro Sanches Yaqin Sharqda sulh o'rnatilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Dunyoga o‘t qo‘yib, keyin chelak bilan kelganlarni olqishlamaymiz — Ispaniya Bosh vaziri

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches Eron atrofidagi mojaroda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi qarorga munosabat bildirdi. Shu bilan birga, u AQSH prezidenti Donald Trampga nisbatan tanqidiy pozitsiyasini saqlab qoldi.

 

Ispaniya hukumati rahbari X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida sulh e’lon qilinishini “yaxshi yangilik” deb atab, mazkur qaror adolatli va barqaror tinchlikka olib kelsa qo‘llab-quvvatlanishini qayd etdi.

 

Biroq Sanches vaqtinchalik yengillik yuzaga kelgani mojaro oqibatlari — vayronagarchilik, tartibsizlik va boy berilgan insonlar hayotiga ko‘z yumishga asos bo‘la olmasligini ta’kidladi.

 

“Ispaniya hukumati dunyoni yoqib yuborib, keyin qo‘lida chelak bilan paydo bo‘lganlarni olqishlamaydi”, — deya yozdi u. 

 

Sanches avval ham mazkur hujumlarni noqonuniy deb baholab kelgan. Unga ko‘ra, hozirgi vaziyatda asosiy e’tibor diplomatiya, xalqaro huquq va tinchlikni ta’minlashga qaratilishi lozim.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Dunyoga o‘t qo‘yib, keyin chelak bilan kelganlarni olqishlamaymiz — Ispaniya Bosh vaziri | Zamon.uz