Jahon

Eron sulhni bekor qilishi mumkin — OAV

Tehron Livandagi vaziyat sabab sulh shartlarini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Eron sulhni bekor qilishi mumkin — OAV

 

Eron Isroilning Livanga uyushtirayotgan hujumlari davom etadigan bo‘lsa, AQSh bilan tuzilgan sulh kelishuvini bekor qilishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Tehron vositachilarga AQSh vakillari bilan Islomobodda o‘tkazilishi rejalashtirilgan muzokaralarda faqat Livanda ham sulh ta’minlangan taqdirdagina ishtirok etishini bildirgan. Shuningdek, Eron rasmiylari Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish bo‘yicha qabul qilingan qarorni ham qayta ko‘rib chiqish ehtimoli borligini ma’lum qilgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, agar Isroil Livan va Eron hududlariga zarbalarni davom ettirsa, Tehron mintaqadagi davlatlarga, jumladan Isroilga qarshi harbiy harakatlarni davom ettirishini bildirgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 8-aprel kuni vositachilar Eron va AQSh o‘rtasida o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan uchrashuvning yakuniy tafsilotlarini muhokama qilgan. Uchrashuv 10-aprel kuni Islomobodda o‘tkazilishi mumkin.

 

Mahalliy OAV ham Eron sulh shartlarini qayta ko‘rib chiqayotganini tasdiqlamoqda. Tasnim axborot agentligi xabariga ko‘ra, agar Isroil Livanga zarbalarni davom ettirsa, Tehron AQSh bilan tuzilgan sulh bitimidan chiqishi mumkin.

 

Isroil armiyasi esa Bayrut, Bekaa vodiysi va Livan janubidagi hududlarda 100 dan ortiq nishonga zarba berilganini ma’lum qilgan. Bu Livandagi hozirgi harbiy harakatlar boshlangandan buyon eng yirik muvofiqlashtirilgan hujumlardan biri sifatida baholanmoqda.

 

Livan rasmiylarining ma’lum qilishicha, Isroil hujumlari oqibatida kamida 1530 kishi halok bo‘lgan, 4812 kishi jarohat olgan. Mahalliy aholi esa zarbalar tinch aholini evakuatsiya qilish bo‘yicha odatiy ogohlantirishlarsiz amalga oshirilganini bildirgan.

 

Shuningdek, mintaqada keskinlik ortib borayotgani fonida Quvayt, BAA va Bahrayn Eron tomonidan amalga oshirilgan yangi raketa va dron hujumlari haqida ham xabar berdi. Ayrim zarbalar neft, energetika va tuzsizlantirish infratuzilmasiga qaratilgani aytilmoqda.

 

Neft sanoati manbalariga ko‘ra, Saudiya Arabistonining sharqdan g‘arbga, Qizil dengiz tomon olib boruvchi muhim quvur liniyasi ham zararlangan bo‘lishi mumkin. Hozirda yetkazilgan zarar miqdori baholanmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eron sulhni bekor qilishi mumkin — OAV | Zamon.uz