Jahon

Qozog‘istondan O‘zbekistonga avtomobilda qatnov vaqti qisqarishi mumkin

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Sariag‘ashni aylanib o‘tuvchi yo‘l qurilmoqda.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga avtomobilda qatnov vaqti qisqarishi mumkin

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida Sariag‘ashni aylanib o‘tuvchi yo‘l qurilishi shahar yuklamasini kamaytirib, O‘zbekistonga tranzitni tezlashtirishi kutilmoqda. Bu haqda Qozog‘iston Vazirlar mahkamasi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mazkur aylanma yo‘l tranzit transportni shahar tashqarisiga chiqarish, shahar yo‘l tarmog‘iga tushadigan yuklamani kamaytirish va O‘zbekiston yo‘nalishida harakatni sezilarli darajada tezlashtirish imkonini beradi.

 

Loyiha 102,6 kilometr uzunlikdagi, to‘rt polosali harakatga ega I-a texnik toifadagi zamonaviy avtomobil yo‘lini qurishni nazarda tutadi. Yo‘l zamonaviy xalqaro standartlarga mos bo‘lib, transport vositalarining uzluksiz va xavfsiz harakatlanishi uchun sharoit yaratadi.

 

Xabarga ko‘ra, joriy yilda  “Shimkent – Qizilo‘rda” avtomobil yo‘lida umumiy uzunligi 103 km bo‘lgan yana 5 ta o‘rta ta’mirlash loyihasini amalga oshirish rejalashtirilgan. 

 

Ushbu loyihalarning kompleks amalga oshirilishi zamonaviy va xavfsiz yo‘l tarmog‘ini shakllantirib, hududda transport xizmatlari sifatini yaxshilaydi hamda Qozog‘istonning Markaziy Osiyodagi tranzit salohiyatini kuchaytiradi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga avtomobilda qatnov vaqti qisqarishi mumkin | Zamon.uz