Jahon

Telegram bir kunda 100 mingdan ortiq kanal va guruhni blokladi

2026-yil boshidan buyon messenjer qariyb 12 million hamjamiyatni yopgan.

Telegram bir kunda 100 mingdan ortiq kanal va guruhni blokladi

 

Telegram messenjeri bir kun ichida 100 mingdan ortiq kanal va guruhni blokladi. Bu haqda messenjerning rasmiy statistik ma’lumotlarida qayd etilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 7-aprel kuni platformada 100 700 dan ortiq kanal va guruh faoliyati to‘xtatilgan. Avvalroq ham bunday ko‘rsatkich 100 mingdan oshgani qayd etilgan bo‘lib, bunday holat so‘nggi bor 17-mart kuni kuzatilgan.

 

Statistikaga ko‘ra, 2026-yil boshidan buyon Telegram jamoasi deyarli 12 million kanal va guruhni bloklagan. Ularning katta qismi platforma qoidalarini buzganligi sababli yopilgan.

 

Xususan, 154 798 ta kanal va guruh jinsiy mazmundagi materiallarni tarqatgani uchun, 53 939 ta hamjamiyat esa zo‘ravonlik va terrorizmni targ‘ib qilgani sababli bloklangan.

 

Shuningdek, yil boshida platformada keng ko‘lamli moderatsiya ishlari olib borilgan. Yanvar oyida kuniga 300 mingdan ortiq, fevral oyida esa 230 mingdan ortiq kanal va guruh bloklangan.

 

Ta’kidlanishicha, 2025-yilda Telegram jamoasi 44 milliondan ortiq hamjamiyatni bloklagan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan qariyb 2,7 baravar ko‘p ekani qayd etilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Telegram bir kunda 100 mingdan ortiq kanal va guruhni blokladi | Zamon.uz