O'zbekiston

Toshkent viloyatida sun’iy intellekt markazi tashkil etilib, tumanlar salohiyati tahlil qilinadi

Prezident yig‘ilishida Toshkent viloyati kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirilishi topshirildi.

Toshkent viloyatida sun’iy intellekt markazi tashkil etilib, tumanlar salohiyati tahlil qilinadi

 

8-aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilish bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbari viloyat aholisining turmush darajasi poytaxt darajasida bo‘lishi lozimligini ta’kidlab, bu maqsadga erishish uchun tadbirkorlik, sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi sohalarida namuna bo‘lish zarurligini qayd etdi.

 

Yig‘ilish davomida so‘nggi yillarda viloyatda amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar natijalari tahlil qilindi. Xususan, 2024-2025-yillarda 14 ta yangi sanoat zonasi tashkil etildi, 115 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi va 237 ta yangi eksportchi paydo bo‘ldi. Natijada 300 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.

 

Parkent, Ohangaron va Olmaliq tumanlarida elektrotexnika, metallurgiya, farmatsevtika, to‘qimachilik, mashinasozlik va tog‘-kon sohalaridagi yirik loyihalar ishga tushirildi. Poytaxt ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan 87 ta korxona Toshkent viloyatiga ko‘chirilmoqda.

 

Viloyat iqtisodiyoti 2025-yilda:

  • yalpi hududiy mahsulot 7,1 foiz
  • sanoat mahsulotlari 6,6 foiz
  • qishloq xo‘jaligi 4,2 foiz
  • xizmat ko‘rsatish 15,2 foiz
  • qurilish 9,8 foizga oshdi.

 

2026-yilda esa viloyat iqtisodiyoti 9,1 foiz, sanoat 8,8 foiz, xizmatlar 17,2 foiz, qurilish 15 foiz, qishloq xo‘jaligi 6,6 foiz o‘sishi, 6,2 mlrd dollar investitsiya jalb qilish va 2,8 mlrd dollar eksportni ta’minlash rejalashtirilgan.

 

Yig‘ilishda shuningdek, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt yordamida tumanlar salohiyati tahlil qilinishi, “Raqamli taraqqiyot – sun’iy intellekt markazi” tashkil etilishi taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Sanoatni boshqarish tizimi modernizatsiya qilinib, investitsiya va eksportni oshirish hamda tayyor va yarim tayyor mahsulot ulushini ko‘paytirish bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar belgilandi.

 

Joriy yilda 883 ta mahallani kambagʻallik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, 84,7 ming aholini doimiy ishga joylashtirish, 37 ming norasmiy ish oʻrnini legallashtirish va 13,3 ming ishsiz fuqaroni kasbga oʻqitish vazifasi qoʻyildi.

 

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi masalalari ham alohida muhokama qilindi. Chorva va parranda yetishtirish hajmi poytaxt va viloyat ehtiyojlarini qamrab olish uchun yetarli emasligi qayd etildi. Shu bois, Ohangaron tumanida chorvachilik va ozuqa bazasini kengaytirish, Qo‘ychilik va echkichilik ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etish rejalashtirilgan. 2026-yilda viloyatda 2,1 trillion so‘mlik 78 ta chorvachilik loyihasi amalga oshirilishi va 496 ta yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Parrandachilik rivoji, suv tejovchi texnologiyalar joriy etish, yangi yerlarni o‘zlashtirish, bog‘ va uzumzorlar barpo etish, piyoz va sarimsoq yetishtirish kabi loyihalar ham belgilandi. Shuningdek, turizm sohasida Bo‘stonliqdagi “Amirsoy” va “Beldersoy resort” kabi loyihalarni boshqa tog‘li hududlarda ham amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Viloyatda turizm eksportini 600 mln dollarga, sayyohlar sonini 16,5 mln ga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

 

Yig‘ilishda ijtimoiy loyihalar: uy-joy, ichimlik suvi, elektr tarmoqlari, transformatorlar yangilanishi, mahallalarda yo‘llar va kommunal infratuzilmani yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Yuqori Chirchiq tumanida 400 gektar maydonda “Tashkent Medical Smart City”, Nurafshon shahrida Kelajak texnologiyalari markazi kabi innovatsion loyihalar ham ko‘rib chiqildi.

 

Yig‘ilish yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Toshkent viloyatidagi mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanib, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va yashash sharoitini yaxshilash yuzasidan aniq topshiriqlar berdi. Toshkent viloyati kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirilib, boshqa hududlar uchun namuna bo‘lishi vazifasi eng ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.