Jahon

Xitoy vositachiligida Afgʻoniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

Xitoy mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun muloqot platformasini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Xitoy vositachiligida Afgʻoniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

 

Xitoy vositachiligida Urumchi shahrida o‘tkazilgan maslahatlashuvlar yakunida Afgʻoniston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma’lum qildi deydi TASS.

 

Unga ko‘ra, 1–7 aprel kunlari Urumchi shahrida Xitoy, Afgʻoniston va Pokiston vakillari ishtirokida bir qator norasmiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan. Muzokaralarda diplomatik, mudofaa va xavfsizlik idoralari vakillaridan iborat idoralararo delegatsiyalar qatnashgan.

 

Tomonlar mavjud kelishmovchiliklarni muloqot va maslahatlashuvlar orqali hal qilishga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqlab, vaziyatni keskinlashtirishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilish bo‘yicha kelishib olgan.

 

Shuningdek, maslahatlashuvlar davomida delegatsiyalar Afgʻoniston–Pokiston munosabatlaridagi muammolarni kompleks tarzda hal etish yo‘llarini muhokama qilib, ustuvor e’tibor talab etadigan asosiy masalalarni aniqlab olgan.

 

Mao Ning ta’kidlashicha, “Urumchi jarayoni” doirasida tomonlar yuzaga kelgan muammolarni hal etishning eng real yo‘li sifatida aynan muloqot va diplomatik vositalarni tan oldilar. Xitoy esa mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida muloqot uchun platforma yaratishda hamda amaliy hamkorlikni mustahkamlashda yordam berishda davom etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, 26-fevral kuni Pokiston–Afgʻoniston chegarasi hududida yana qurolli to‘qnashuvlar yuz bergan edi. Kobul Pokiston tomonidan Afgʻoniston hududiga uyushtirilgan havo hujumlariga javoban harbiy operatsiya o‘tkazayotganini ma’lum qilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoy vositachiligida Afgʻoniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi | Zamon.uz