O'zbekiston

Amir Temurning tobuti qayerda?

Amir Temur 1405-yil 18-fevralda vafot etgan. Amir Temur vafoti askarlar o‘rtasida parokandalik yuz bermasligi  uchun ma’lum muddat sir tutilgan va 18-mart kuni dafn etilgan.

Amir Temurning tobuti qayerda?

Amir Temur 1405-yil 18-fevralda vafot etgan. Amir Temur vafoti askarlar o‘rtasida parokandalik yuz bermasligi  uchun ma’lum muddat sir tutilgan va 18-mart kuni dafn etilgan.

 

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 8-aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamo-yu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

 

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Sohibqiron Amir Temur 1405-yil 18-fevralda hozirgi Qozog‘iston hududidagi O‘tror shahrida vafot etgan. Amir Temur vafoti askarlar o‘rtasida parokandalik yuz bermasligi  uchun ma’lum muddat sir tutilgan va 18-mart kuni sarkardaning jasadi maxsus yog‘och tobutda  Samarqandda Sohibqironning o‘z  farmoniga binoan suyukli nabirasi uchun qurilgan Muhammad Sulton maqbarasiga keltirib dafn etilgan.

 

Keyinchalik Mirzo Ulug‘bek davrida Sohibqiron uchun alohida maqbara qurilishi yakuniga yetgach, jasad u yerga ko‘chiriladi. Keyinchalik, bu maqbarada Mironshoh Mirzo, Shohrux Mirzo, Mironshoh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad Sulton singari temuriylar, shuningdek, Sohibqironning piri Mirsaid Baraka  dafn qilingan.

 

1941-yilning aprel oyida chiqarilgan, O‘zSSR hukumati va Kompartiyasi Markaziy Komitetining Alisher Navoiy yubileyi munosabati bilan Samarqanddagi maqbaralarda antropologik tekshiruvlar olib borish  to‘g‘risidagi qo‘shma qaroriga muvofiq, o‘sha  yilning 16-21-iyun  kunlari Amir Temur va temuriylarning  qabri ochiladi. Maqbaradagi qazishmalar yakunlanib, qabrlardan chiqarib olingan Amir Temur, Mironshoh, Shohrux, Ulug‘bek va Muhammad Sultonlarning suyaklari maxsus qutilarda Toshkentga olib ketiladi. Antropolog M.M.Gerasimov ushbu suyaklarga asoslanib, ularning hujjatli portretlarini yaratadi.

 

1942-yilning oxirlariga kelib Amir Temur maqbarasidan qazib olingan suyaklar  o‘rganib bo‘lingach, qaytadan dafn etiladi. Lekin qabrdan suyaklar bilan birga chiqarib olingan Amir Temur  tobuti, shuningdek temuriylarning kafan qoldiqlari, Mirzo Ulug‘bekning liboslari, marhumlarning mumiyolangan tana a’zolari,  soch-soqollari qayta joyiga qo‘yilmaydi.

 

Arab tarixchisi Ibn Arabshoh Amir Temurning  sherozlik ustalar yasagan po‘lat tobutda dafn etilgani haqida yozib qoldirgan bo‘lsa-da, bu ma’lumot noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Tobut archa daraxti yog‘ochidan yasalgani ma’lum bo‘ladi.

 

Tobut o‘tgan asrning 70-yillarida O‘zFA Arxeologiya instituti xodimi,  professor A.Abdurazzoqov rahbarligida restavratsiya qilinadi  va Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasiga topshiriladi. Tobut 2009-yilgacha O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining oldingi  binosida  ekspozitsiyaga qo‘yiladi. Mazkur bino demontaj qilingach, 2018-yilgacha Afrosiyob muzeyi yerto‘lasida saqlanadi.

 

Hozirda tobut Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi “Amir Temur maqbarasining o‘rganilishi tarixi” ekspozitsiyasida namoyish etilmoqda. Ushbu  tobutning qopqog‘i va tobut ustiga yopilgan gazlama bo‘lagi “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida saqlanadi.

 

Rustam Iqbol

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Amir Temurning tobuti qayerda? | Zamon.uz