Jahon

Isroilning Livanga qilgan hujumida Belgiya tashqi ishlar vazirining o‘lishiga bir baxya qoldi

U hujumlar paytida Livan prezidenti bilan uchrashuvda bo‘lgan.

Isroilning Livanga qilgan hujumida Belgiya tashqi ishlar vazirining o‘lishiga bir baxya qoldi

Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevost 8 aprel kuni Livanga rasmiy tashrifi chog‘ida Isroil hujumining qurboniga aylanishiga sal qolganini aytdi. 

 

Prevostning so‘zlariga ko‘ra, Isroil mudofaa kuchlari vazir Livan prezidenti Jozef Aun bilan uchrashayotgan paytda oldindan ogohlantirmasdan Bayrutga katta zarba berdi. Muzokaralar raketa hujumi sodir bo‘lgan joydan bir necha yuz metr narida joylashgan elchixonada bo‘lib o‘tgan. 

 

“AQSH, Isroil va Eron o‘rtasidagi sulh Livanni ham qamrab olishi kerak”,— deb ta’kidladi Belgiya tashqi ishlar vaziri. 

 

Prevost Livan hukumatini qo‘llab-quvvatlash va Isroil va “Hizbulloh” o‘rtasidagi mojarodan jabr ko‘rgan oilalar bilan birdamlikni bildirish uchun Bayrutga keldi. 

 

8 aprel kuni AQSH va Eron ikki haftalik sulhga kelishib oldilar. Biroq, ko‘p o‘tmay, Isroil “Hizbulloh” infratuzilmasiga eng katta hujumni e’lon qildi. 

 

Isroil armiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar Bayrut, Beka vodiysi va janubiy Livanga qaratilgan. Isroil Mudofaa Kuchlari jami 100 dan ortiq nishonga, jumladan, qo‘mondonlik punktlari va harbiy inshootlarga zarba berganini da’vo qilmoqda. 

 

Livan fuqarolik mudofaasi ma’lumotlariga ko‘ra, chorshanba kuni sodir bo‘lgan keng ko‘lamli bombardimon 254 kishining hayotiga zomin bo‘ldi (raqamlar aniqlanmoqda) va mingdan ortiq odam yaralandi. 

 

Eron parlamenti raisi Muhammad Bagir Qolibafning aytishicha, Livanga berilgan zarbalar ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralarga putur yetkazadi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.