Jahon

Chechen bo‘linmalari Eron uchun jang qilmaydi — Ramzan Qodirov

Qodirov Eronning Fors ko‘rfazidagi mamlakatlarga hujumini qoralab, arab davlatlari bilan “birodarlik” munosabatida ekanini ta’kidladi.

Chechen bo‘linmalari Eron uchun jang qilmaydi — Ramzan Qodirov

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov chechen harbiylari AQSh va Isroilga qarshi urushda Eron tomonida jang qilmasligini ma’lum qildi.

 

U bu haqda 8-aprel kuni Telegram kanalida rus va arab tillarida bayonot berib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “chechen bo‘linmalari Eronga yuborilishi mumkin” degan xabarlarni rad etdi.

 

Qodirovning ta’kidlashicha, agar Eron faqat AQSh va Isroilga qarshi harakat qilganida, shunday bo‘lishi mumkin edi. Biroq u Eronning Fors ko‘rfazi arab davlatlaridagi nishonlarga zarba berayotganini tanqid qildi.

 

“Bu shunday bo‘lishi mumkin edi, agar Eron faqat AQSh va Isroilga qarshi harbiy harakat olib borayotganida. Ammo ular bizning birodarlarimizga ham hujum qilmoqda. Hech shubhasiz, shaxsan men Eron tomonini qo‘llab-quvvatlayman, ammo bitta ‘lekin’ bor — men Eronning Fors ko‘rfazi arab davlatlaridagi tinch obyektlar va fuqarolik infratuzilmasiga zarba berishini qo‘llab-quvvatlamayman”, — dedi Checheniston rahbari.

 

Checheniston rahbari BAA, Bahrayn va Saudiya Arabistoni yetakchilari bilan “birodarlik” munosabatida ekanini ham qayd etib, ushbu mamlakatlarda tinch aholi qurbon bo‘layotganidan norozi ekanini bildirdi.

 

Avvalroq Qodirov Eronning Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarbalarini “kutilgan javob” deb baholagan, biroq fuqarolik obyektlariga hujumlarni nomaqbul deb atagan edi.

 

Ma’lumot uchun, chechen bo‘linmalari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida ishtirok etmoqda. Ukraina Xavfsizlik xizmati 2022 yilda Qodirov va uning yaqinlariga nisbatan harbiy jinoyatlar bo‘yicha dalillar borligini ma’lum qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.