Jahon

Eronda Ali Xomanaiy xotirasiga bag‘ishlangan motam tadbirlari oʻtkazilmoqda

Tadbirlar 10-aprelga qadar davom etadi.

Eronda Ali Xomanaiy xotirasiga bag‘ishlangan motam tadbirlari oʻtkazilmoqda

Eronda oliy rahnamo Ali Xomanaiy vafotining 40-kuni munosabati bilan keng ko‘lamli xotira tadbirlari o‘tkazilmoqda. Umumxalq motam marosimlari Islom targ‘ibotini muvofiqlashtirish kengashi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, tadbirlar 10-aprelga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

 

Xotira tadbirlarining eng muhim qismi 9-aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Tehron shahrida ertalab soat 9:00 da — Eron rahbari 28-fevral kuni halok bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladigan paytda — Jomhuri-ye Islami maydonidan ommaviy motam yurishi boshlandi. Ushbu yurishda minglab fuqarolar, diniy arboblar va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

 

Shu kuni kechqurun mamlakatning muqaddas maskanlarida marhum oyatulloh xotirasiga bag‘ishlangan jamoaviy ibodatlar o‘tkazilgan. Marosimlar davomida uning arxivdagi nutqlari va audioyozuvlari yangragan.

 

Motam tadbirlarida Qur’on tilovatlari, shuningdek “qarshilik frontining g‘alabasi” uchun duolar ham o‘qilgan. Ushbu marosimlar mintaqada davom etayotgan keskin harbiy vaziyat fonida o‘tkazilmoqda.

 

28-fevral voqealaridan so‘ng mintaqada keskinlik kuchayib, Eron, AQSh va Isroil o‘rtasida bir qator o‘zaro harbiy zarbalar amalga oshirilgani qayd etilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eronda Ali Xomanaiy xotirasiga bag‘ishlangan motam tadbirlari oʻtkazilmoqda | Zamon.uz