Jahon

Harbiy jinoyat: 250 odam qirib tashlandi

Isroilning Livanga qilgan hujumi oqibatida 254 kishi halok bo‘ldi. Livanda milliy motam kuni e’lon qilindi.

Harbiy jinoyat: 250 odam qirib tashlandi

AQSh va Eron o‘rtasida 45 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha sulhga erishilganiga 1 kun ham bo‘lmay Isroil kelishuvni buzdi. Xuddi 2025-yilda Hamas va Isroil o‘rtasidagi kelishuvni buzgani kabi.

 

 

Kecha, Netanyahu erishilgan sulhga Livanga aloqasi yo‘qligini aytgan edi. Va o‘sha vaqti Livanga hujum qilgan edi. 9-aprel, chorshanba kuni Isroil Livanning 100 dan ortiq obyektlariga hujum qildi. Al Jazeera ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 254 kishi halok bo'lgan va 1100 dan ortiq odam jarohatlangan.

 

Eronning IRNA axborot agentligi yozishicha, Isroilning Livanga qilgan hujumi tufayli Hormuz bo‘g‘ozi qayta yopilgan. Islom qo‘riqchilari koprpusi qo‘mondoni Sayid Majid Musavi o‘zining X sahifasida yozishicha, Eron bu hujumga javob tayyorlamoqda.

 

“Jasur ‘Hizbulloh’ga qilingan hujum — bu Eronga qilingan hujumdir. Jang maydonida rejimning vahshiy jinoyatlariga qarshi qaqshatqich javob tayyorlanmoqda. Aziz xalqim, raketalar uchun haqiqiy yoqilg‘i — bu sizning ko‘chalardagi birdam ishtirokingizdir”, — deb yozdi u.

 

Eron Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi chorshanba kuni agar Isroil Livanda sulhga rioya qilmasa, janglar qayta boshlanishi bilan tahdid qildi.

 

Tramp AQSh kemalari, samolyotlari va harbiylari haqiqiy sulhgacha Eronda qolishini ma’lum qildi. U AQSH hozircha o‘z qo‘shinlarini Yaqin Sharqdan olib chiqib ketishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u bugun, 9 aprel kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

 

Trampning so‘zlariga ko‘ra, barcha Amerika kemalari, samolyotlari va harbiy xizmatchilari, shuningdek, “allaqachon sezilarli darajada zaiflashgan dushmanni o‘ta shiddatli ta’qib qilish va yo‘q qilish” uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha qurol-yarog‘, o‘q-dorilar va boshqa barcha vositalar Eron hududida va unga yaqin davlatlarda Eron va AQSh tomonidan “haqiqiy kelishuv” tuzgunga qadar qoladi.

 

“Agar biror sababga ko‘ra bu amalga oshmasa, buning ehtimoli juda past bo‘lsa-da, u holda oldingidan ko‘ra keng ko‘lamli va kuchliroq otishma boshlanadi. Allaqachon kelishib olingan va bunga zid bo‘lgan barcha yolg‘on ritorikalarga qaramay, hech qanday yadroviy qurol bo‘lmaydi va Hormuz bo‘g‘ozi ochiq hamda xavfsiz bo‘ladi”, — deb yozdi Tramp.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda Amerika armiyasi shay holatga keltirilgan va dam olib, keyingi ko‘rsatmalarni kutmoqda.

 

Amerika Qo'shma Shtatlari vitse-prezidenti J.D. Vens Eronni Isroilning Livandagi hujumlari tufayli Vashington bilan sulhni xavf ostiga qo'yishni "ahmoqlik" bo'lishi haqida ogohlantirdi .

 

Sulhga vositachilik qilgan Pokiston Livan ikki haftalik sulhga kiritilganini aniq aytgan bo'lsa-da, Vens jurnalistlarga AQSh Isroilning Livanga hujum qilishni to'xtatishiga qo'shilmasligini aytdi.

 

“Agar Eron bu muzokaralarning barbod boʻlishiga yoʻl qoʻymoqchi boʻlsa ular bilan hech qanday aloqasi boʻlmagan va Qoʻshma Shtatlar hech qachon sulhning bir qismi deb aytmagan Livan ustidan boʻlib oʻtgan mojaroda bu oxir-oqibat ularning tanlovi, — degan Vens jurnalistlarga qarat. U kecha Vengriyani tark etayotgan vaqtida qisqa vaqtga jurnalistlar bilan suhbatlashgan.

 

U Eronning bu harakatini ularning ahmoqona tanlovi eklanligini ta’kidladi.

 

Chorshanba kunga o‘tar kechasi Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning sulh e'lon qilgan bayonoti bilan o'rtoqlashdi. U talkifda Livan haqidagi qismga urg'u berdi.

 

“Eron va AQSh o‘rtasidagi sulh shartlari aniq va ravshan: AQSh tanlashi kerak – sulhni to‘xtatish yoki Isroil orqali urushni davom ettirish. U ikkalasiga ham ega bo‘la olmaydi”, — deb yozgan Aroqchi o‘zining X sahifasida.

 

Shunga qaramay, AQSh prezidenti Donald Tramp va uning Oq uy Livan kelishuvning bir qismi emasligini ta'kidlashdi.

 

“Koʻplab yomon niyatli muzokaralar va yomon niyatli tashviqotlar olib borilmoqda, Menimcha, bu asosli tushunmovchilikdan kelib chiqadi. Eronliklar sulh Livanni ham oʻz ichiga oladi deb oʻylashgan, ammo unday boʻlmagan, — deya qo‘shimcha qilgan vitse-prezident J.D. Vens.

 

Xalqaro muzokaralar paytida bunday "tushunmovchilik" qanday yuzaga kelishi noma'lum. AQSh rasmiylari ham Pokiston bayonotida nima uchun Livan sulhning bir qismi sifatida ta'kidlanganini tushuntirmadilar.

 

Isroil uzoq vaqtdan beri sulh kelishuvlarini, jumladan, 2024-yil noyabr oyida Livan bilan tuzilgan sulhni buzib keladi. O'shandan beri 15 oy davomida Isroilning Livanga deyarli har kuni hujumlari bo'lib kelgan.

 

 

 

Начало формы

Eron parlamenti raisi Muhammad Boqir Gʻolibaf X sahifasida Isroilning Livanga zarbalari, dronlarning Eron havo hududiga bostirib kirishi va Eronning uranni boyitish huquqidan mahrum qilinishi sulhni buzish ekanligini yozdi.

 

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘t ochishni to‘xtatish to‘liq tarzda Livanni ham qamrab olishi kerakligini aytmoqda. Uning fikrircha, Hizbulloh Isroilga hujum qilib, Livanni inqirozga tortib, strategik xatoga yo‘l qo‘ygan.

 

“Isroil zarbalari va Janubiy Livanni egallab turishi uzoq muddatli yechim bo‘la olmaydi. Biz Livan qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishimiz kerak, shunda ular o‘z hududi ustidan to‘liq nazoratni tiklay oladi”, — degan Fransiya prezidenti.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2-martdan buyon Isroil zarbalari oqibatida Livanda 1 530 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida 100 dan ortiq ayol va 130 nafar bola bor. Mojaro sabab 1,2 milliondan ortiq aholi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

 

Shohjahon Majid

Zamon.uz muxbiri

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"