Jahon

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta yopildi

Eron AQShni sulhni buzganlikda aybladi

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta yopildi

Eron Isroilning Livanga uyushtirgan keng ko‘lamli hujumlaridan so‘ng, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar harakatini chekladi. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, Eron harbiy-dengiz kuchlari Tehron ruxsatisiz o‘tishga uringan kemalar “yo‘q qilinishi” haqida ogohlantirgan. 

 

AQSH va Eron 8-aprel kuni ikki haftalik sulhga erishgach Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakatiga to‘sqinlik qilmasligi, AQSH esa Tehronga zarbalarni to‘xtatishi kerak edi. Sulhdan so‘ng grek mulkdorlariga tegishli ikkita kema bo‘g‘ozdan o‘tishga ulgurgan.

 

Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Ho‘rmuzning yopilishini “mutlaqo qabul qilib bo‘lmasligi”ni aytdi.

 

“Men Prezidentning Ho‘rmuz bo‘g‘ozi zudlik bilan, tez va xavfsiz tarzda qayta ochilishi kerakligi haqidagi talabini yana bir bor ta’kidlayman”, dedi u.

 

Tasnim agar Isroil Livandagi operatsiyalarini to‘xtatmasa, Eron AQSH bilan tuzilgan sulhdan chiqishga tayyorligini yozgan. Livanni o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi shartlariga kiritish bitimning majburiy qismi bo‘lgan. Biroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sulh Livanga taalluqli emasligini aytgan.

 

Eron parlamenti spikeri Muhammad Bag‘ir Qolibaf Tehron tomonidan o‘t ochishni to‘xtatishga asos qilib olingan 10 bandlik rejaning uchta asosiy bandi buzilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH va Isroil o‘z harakatlari bilan ikki tomonlama sulh tuzishni “mantiqsiz” qilib qo‘ygan.

 

Qolibaf aytgan 3 ta asosiy band quyidagilar:

 

Birinchisi — Livanda o‘t ochishni to‘xtatish bandiga rioya qilinmagani. Bunga Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif ham ishora qilib, sulh barcha frontlarga, jumladan, Livanga ham taalluqli ekanini aytgandi.

 

Ikkinchisi — Eron havo hududining buzilishi: Fors viloyatining Lar shahri osmonida Isroilga tegishli Hermes 900 droni urib tushirilgan.

 

Uchinchisi — Eronning uranni boyitish huquqi inkor etilishi. Bu huquq Eron taklifining oltinchi bandida mustahkamlangan. 

 

Biroq Tramp tomonlar muzokaralar asosi sifatida AQSHning 15 bandlik rejasini olganini, unda uranni boyitishni to‘xtatish ko‘zda tutilganini da’vo qilgan.

 

Eron 10-aprel kuni Islomobodda bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Manbalarga ko‘ra, delegatsiyaga Qolibafning o‘zi boshchilik qilishi kerak edi. AQSH tomonidan vitse-prezident Jey di Vens ishtirok etishi kutilmoqda.

 

SHuningdek, Jey Di Vens Vengriyaga tashrifi chog‘ida bergan intervyusida AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulh juda mo‘rt ekanini bildirgan edi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qayta yopildi | Zamon.uz