Jahon

Isroilning Livanga hujumlari 250 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi

Livan bosh vaziri Isroilni “himoyasiz tinch aholiga zarba berishda” aybladi.

Isroilning Livanga hujumlari 250 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi

Eron va AQSh o‘rtasida e’lon qilingan ikki haftalik sulhdan bir necha soat o‘tib, Isroil Livan hududi bo‘ylab keng ko‘lamli havo hujumlarini amalga oshirdi. Natijada kamida 254 kishi halok bo‘ldi, 1 165 nafardan ortiq odam jarohat oldi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

 

Livan Fuqaro mudofaasi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar chorshanba kuni sodir bo‘lgan. Zarbalardan so‘ng mamlakat sog‘liqni saqlash tizimi keskin bosim ostida qolgan.

 

Sog‘liqni saqlash vaziri Rakan Nosiriddin Isroil tomonidan “100 dan ortiq havo zarbalari” berilganini bildirib, vaziyatni “xavfli keskinlashuv” deya baholadi. Uning aytishicha, tez yordam xizmatlari hanuz jabrlanganlarni shifoxonalarga yetkazmoqda va rasmiylar xalqaro tashkilotlardan yordam so‘ramoqda.

 

Isroil armiyasi esa Livan bo‘ylab 2-martdan beri olib borilayotgan harbiy amaliyot doirasidagi eng yirik muvofiqlashtirilgan zarba amalga oshirilganini ma’lum qildi. Hujumlar Bayrut, Beko vodiysi hamda mamlakat janubiy hududlarini qamrab olgan.

 

Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats zarbalar “Hizbulloh infratuzilmasi”ga qaratilganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil harbiylari Livan bo‘ylab qo‘mondonlik markazlarida joylashgan yuzlab jangarilarga kutilmagan zarba bergan. Bu “Peyjerlar operatsiyasi”dan buyon Hizbullohga berilgan eng yirik zarba sifatida baholandi.

 

Isroil tomoni zarbaga uchragan obyektlarning aksariyati tinch aholi yashaydigan hududlarda joylashganini tan olib, “begunoh fuqarolarga zarar yetkazmaslik uchun choralar ko‘rilganini” bildirdi.

 

Guvohlarning aytishicha, Bayrut va uning atrofida kuchli portlashlar yuz bergan, osmonni tutun qoplagan. Ko‘plab odamlar vahima ichida ko‘chalarga chiqib ketgan. Livan Qizil Xoch jamiyati 100 ta tez yordam brigadasi jalb etilganini ma’lum qildi.

 

Al Jazeera muxbiri Malkolm Vebbning xabar berishicha, zarbalar kutilmagan hududlarga berilgani sababli shaharda tartibsizlik va vahima yuzaga kelgan. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetib borishga urinib, ayrimlar esa tirbandlik sabab transport vositalarini tashlab ketgan.

 

“Hizbulloh” hujumlarni qoralab, zarbalar Bayrut janubiy hududlari, Sayda shahri, Livan janubi va Beko vodiysidagi tinch aholi punktlariga qaratilganini bildirdi.

 

Livan parlamenti spikeri Nabih Berri ushbu zarbalarni “to‘liq urush jinoyati” deb atadi.

 

BMTning Livan bo‘yicha maxsus koordinatori Janin Xennis esa tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi. U 2006 yilgi 1701-rezolyutsiya asosida muzokaralar boshlanishi zarurligini ta’kidladi.

 

Mazkur hujumlar AQSh va Eron o‘rtasida besh haftadan ortiq davom etgan urush ortidan e’lon qilingan sulh fonida yuz berdi. Vositachilik qilgan Pokiston Livan ham kelishuv doirasiga kiritilganini bildirgan.

 

Biroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu sulh Livanga taalluqli emasligini aytib, “Hizbulloh”ga qarshi zarbalar davom etishini ma’lum qildi. U Isroil istalgan vaqtda Eron bilan to‘qnashuvni qayta boshlashga tayyor ekanini ham qo‘shimcha qilgan.

 

Hujumlar arafasida Isroil harbiylari Livan bilan chegaradan 40 kilometrgacha bo‘lgan hududda majburiy ko‘chirish bo‘yicha ogohlantirish bergan. Bayrut janubiy hududlari aholisi uylarini tark etishga chaqirilgan.

 

Livan bosh vaziri Navof Salam Isroilni “himoyasiz tinch aholiga zarba berishda” aybladi va xalqaro hamjamiyatni bosim o‘tkazishga chaqirdi.

 

Hizbulloh vakillari esa Isroil sulhga amal qilmasa, Eron va uning ittifoqchilari tomonidan javob chorasi ko‘rilishi mumkinligini bildirdi.

 

Shu kuni Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Qolibaf AQSh bilan sulh va muzokaralarni “asossiz” deb atab, Eron taklif qilgan 10 bandli reja bir necha bor buzilganini qayd etdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2-martdan buyon Isroil zarbalari oqibatida Livanda 1 530 dan ortiq kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida 100 dan ortiq ayol va 130 nafar bola bor. Mojaro sabab 1,2 milliondan ortiq aholi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroilning Livanga hujumlari 250 dan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi | Zamon.uz