Jahon

Mojtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i yaxshi va vaziyatni nazorat qilmoqda — Eron TIV

Tehron Xomanaiy haqida tarqalgan sog‘lig‘i bilan bog‘liq mish-mishlarni rad etdi.

Mojtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i yaxshi va vaziyatni nazorat qilmoqda — Eron TIV

Eron rasmiylari mamlakat oliy rahbari Mojtabo Xomanaiy sog‘lom ekani va davlat boshqaruvini davom ettirayotganini ma’lum qildi.

Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Said Xatibzoda bayonot berdi deydi TASS. Uning so‘zlariga ko‘ra, oliy rahbarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar yo‘q va u mamlakatdagi barcha jarayonlarni nazorat qilib turibdi.

 

“Uning sog‘lig‘i yaxshi va u barcha jarayonlarni nazorat qilmoqda”, — dedi diplomat.

 

Shuningdek, Xatibzoda oliy rahbarning so‘nggi paytlarda omma oldida kam ko‘rinayotgani haqidagi savollarga ham javob berdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqadagi murakkab xavfsizlik vaziyati bunday qarorlarning qabul qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

Diplomatning fikricha, hozirgi vaziyat nihoyatda keskin bo‘lib, AQSh “xalqaro huquq normalarini buzgan holda davlat rahbarini o‘ldirishga borgan” voqealar fonida xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurati yuzaga kelgan.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQShning Isroil bilan hamkorlari ham bunday operatsiyalarni amalga oshirishdan “tortinmasligi” mumkin.

 

Avvalroq The Times gazetasi razvedka ma’lumotlariga tayanib, oliy rahbar go‘yoki davolanayotgani va qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etmayotgani haqida xabar bergan edi. Tehron rasmiylari esa bu xabarlarni rad etib, rahbar davlat boshqaruvini davom ettirayotganini ta’kidlamoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Mojtabo Xomanaiyning sog‘lig‘i yaxshi va vaziyatni nazorat qilmoqda — Eron TIV | Zamon.uz