O'zbekiston

Navoiyda bolalarga zo‘ravonlik qilingan xususiy bog‘cha vaqtincha yopildi

Mazkur bog‘chadagi tarbiyachi bolalarga baqirgan, ularni siltab tortib, urgan va tepgan.

Navoiyda bolalarga zo‘ravonlik qilingan xususiy bog‘cha vaqtincha yopildi

Navoiy shahridagi xususiy bog‘chada bolalarga qo‘pol muomala qilib, ularni urgan tarbiyachi ishdan olinib, muassasa vaqtincha yopildi. Bu haqda Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda tarbiyachi bolalarga baqirgani, siltab tortib, urgani va tepgani aks etgan.

 

Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabariga ko‘ra, hodisa boshqarma huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganildi. 

 

Tekshiruv natijasida pedagogik etika va kasbiy me’yorlarga zid harakat qilgan tarbiyachi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi amaldagi qonunchilik asosida bekor qilindi.

 

Shuningdek, ta’lim muassasasining faoliyati qonunda belgilangan tartibda vaqtincha to‘xtatildi. 

 

Holat yuzasidan tegishli tartibda qo‘shimcha o‘rganish ishlari boshlandi.

 

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Toshkentda xavfli daraxtlar xatlovdan o‘tkaziladi: xavf solayotganlari ruxsatnoma bilan kesiladi

Poytaxtda daraxtlarning soni, turi, yoshi, holati va joylashuvi hisobga olinib, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar reyestri shakllantiriladi.

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Andijonda og‘ir YTH: uch kishi halok bo‘ldi

Yuk mashinasining tormoz tizimida nosozlik yuzaga kelib, yettita avtomobil bilan to‘qnashgan.

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Piskent hokimi fermerlarga bosim o‘tkazgani aytilmoqda: prokuraturaga murojaat qilindi

Fermerlar kengashi hokim fermerlarga bosim o‘tkazgani haqidagi xabarlar ortidan murojaat yo‘llagan.

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.