O'zbekiston

Ombudsman mahkumlarni qiynoqqa solgan IIO xodimlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi

13 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan, 2 nafari xizmatdan bo‘shatilgan, 1 nafari esa ogohlantirilgan.

Ombudsman mahkumlarni qiynoqqa solgan IIO xodimlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi

Feruza Eshmatova Senat majlisida 2025-yilda mahkumlarga nisbatan qiynoqlar qo‘llangani yuzasidan 4 nafar ichki ishlar organi xodimiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilning so‘zlariga ko‘ra, mahkumlarga ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazilgani haqidagi murojaatlar o‘rganilib, 39 ta holat bo‘yicha ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvlari tayinlangan.

 

Natijada 13 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgan, 2 nafari xizmatdan bo‘shatilgan, 1 nafari esa ogohlantirilgan.

 

Shuningdek, 12 ta murojaat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish haqidagi qarorlar bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruvlar tayinlangan.

 

Ombudsman ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda inson huquqlarini buzgan jami 118 nafar davlat va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilgan.

 

Yil davomida qiynoqlarning oldini olish maqsadida 954 ta monitoring tashrifi amalga oshirilgan. Ushbu jarayonda 11 mingdan ortiq mahkum bilan jamoaviy, qariyb 5,5 ming nafari bilan esa individual suhbatlar o‘tkazilgan.

 

Bundan tashqari, sanitariya talablariga javob bermagani sabab Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalarining faoliyati tugatilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ombudsman mahkumlarni qiynoqqa solgan IIO xodimlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi | Zamon.uz